O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

TOLIBJON SODIQOV(1907—1957) 
O‗zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti
sovrindori, kompozitor va dirijor tolibjon 
sodiqov zamonaviy o‗zbek professional
musiqa san‘atiga mohir ijrochi sifatida kirib
keldi. O‗zining yaratgan qo‗shiq, romans,
simfoniya va vokal-simfonik asarlari, ayniqsa, 
musiqali drama va operalari yakkaxon, konsert 
va teatr jamoalari repertuarini boyitdi.tolibjon 
sodiqov 
1907-yil 
20-sentabrda 
samarqand 
shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. u 
eski maktabda 7 yoshidan boshlab o‗qidi, 
1920-yildan yangi maktabda o‗qishni davom 
ettirdi. shu yerda tashkil topgan musiqa 
to‗garagiga qatnashdi. Tug‗ma iste‘dod sohibi 
tinimsiz dutor va tanburda mashq qilib, tez orada hammani hayratda
qoldiradigan ijrochi sifatida tanildi. 1927-yil samarqand dagi mashhur 
yosh havaskor san‘atkorlardan tuzilgan «ko‗k ko‗ylaklar ansambli» ga 
tolibjon sodiqov taklif etildi. 1928-yildan boshlab naychi bo‗lib teatrda 
ishladi. 1930-yili Sobir Abdulla pyesasi asosida «bog‗bon qiz» spektakli 
uchun musiqa bastaladi. 1928-yil samarqanddagi musiqa va xoreografiya 
ilmiy tadqiqot institutiga o‗qishga kirdi. Xoja Àbdulaziz Àbdurasulov, levi 
boboxonov, yunus Rajabiy, Ota Jaloliddin nazirov, Hoji Àbdurahmon 
Umarov, Nikolay Mironov kabi musiqa san‘atining bilimdonlaridan ta‘lim 
oldi va milliy xalq qo‗shiqlari va «shashmaqom» bilan tanishdi. shu bilan 
birga dutor va tanbur chalish mahoratini egalladi. tez orada o‗zi ham 
boshqa musiqa to‗garaklariga rahbarlik qila boshladi. 1927-yilda esa 
panjikent shahridagi viloyat teatrida musiqa rahbari bo‗lib ishladi. 1930-
yili t.sodiqov Hamza nomidagi o‗zbek drama teatrining sozandalar 


115 
ansambliga rahbarlikka taklif qilindi. komil yashinning «yondiramiz» 
dramasiga musiqa bastaladi. 1933-yil alishernavoiy nomidagi opera va
balet teatrida dirijor lavozimida ishladi. t.sodiqov 1939—1941-yillarda 
moskva konservatoriyasi qoshidagi o‗zbek studiyasida R.m.glier sinfida 
o‗qidi va urush yillarida o‗qishni to‗xtatib, toshkentga qaytdi hamda 
musiqa teatrida faoliyatini davom ettirdi. À. ¢.Kozlovskiy bilan birgalikda 
«O‗zbekiston qilichi» hamda «Davron ota» drammalariga musiqa 
bastaladi.1951—1954-yillarda O‗zbekiston radiosida badiiy rahbar
bo‗lib ishlash bilan birgalikda, musiqa jamoasi hayotida faol
qatnashdi. O‗zbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi sifatida faoliyat
ko‗rsatdi. Àlisher navoiy opera va balet teatrida dirijorlik qilish bilan
birgalikda «layli va majnun», «Hujum» va «po‗rtana» spektakllariga
musiqa bastaladi. komil yashin librettosi asosida tolibjon sodiqov
R.m.Glier bilan hamkorlikda 1950-yilda mashhur «gulsara» operasini 
yaratdi hamda bu operaga o‗zi dirijorlik qildi. 1955-yilda «gulsara» 
operasi yuzinchi marta ijro etildi. Hayotining so‗nggi kunlarida Boris 
Zeydman bilan hamkorlikda zulfiya librettosi asosida «zaynab va Omon» 
operasini yarata boshlab, biroq oxiriga yetkaza olmaydi. Opera yu. Rajabiy 
va D.zokirov tomonidan 1958-yilda yozib tugallandi.tolibjonsodiqov
simfonik orkestr uchun «ulug‗ bayram», «Hur vatan», «baxtiyor
yoshlik» asarlarini hamda «bulbul», «bahor», «sarvigul», «Jonon 
ko‗rinur» kabi o‗nlab romanslarni yaratdi.tolibjon sodiqov O‗zbekiston
xalq artisti, O‗zbekiston hukumatining faxriy yorliqlari, orden va 
medallari bilan taqdirlangan, yaqinda «buyuk xizmatlari uchun» ordeni 
bilan mukofotlandi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin