119
muhiddin mavlonovdan o‗zbek va tojik xalq merosini va ijrochilik sirlarini
o‗rgandi. 1929-yilda samarqanddagi N.Mironov rahbarligidagi musiqa
va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutiga o‗qishga kirdi. 1929—1935-
yillari Respublika musiqali drama teatrida sozanda bo‗lib ishladi.
mazkur teatrni tashkil qilgan ulug‗ san‘atkor muhiddin Qoriyoqubov,
tamaraxonim, Usta Olim komilovlardan saboq oldi va birga ishladi. 1936-
yilda toshkentda O‗zbekiston Davlat filarmoniyasi
ochildi va shu
ansamblga konsertmeyster lavozimiga ishga taklif qilindi, keyinchalik
musiqa rahbari bo‗lib tayinlandi. 1940—1948-yillari muqimiy
nomidagi
musiqali drama teatrida, so‗ngra O‗zbekiston Davlat
radioeshittirish qo‗mitasi qoshidagi o‗zbek xalq cholg‗u asboblari
orkestrida dirijor bo‗lib ishladi.1940—1942-yillari toshkent Davlat
konservatoriyasining tayyorlov kursida o‗qidi, lekin urush tufayli o‗qishni
1953-yili bitirdi. O‗zbek ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar bo‗lib
faoliyat ko‗rsata boshladi. 1957-yili O‗zbekiston
radioeshittirish
qo‗mitasi qoshida O‗zbek xalq cholg‗u asboblar orkestriga bosh
dirijor va badiiy rahbar lavozimiga tayinlandi.1934-yilda birinchi yirik
ijodi z.fatxulinning «g‗unchalar» pyesasi uchun bastalagan musiqasidir. u
ilk ijodiy yutug‗idan keyin qo‗shiq va ashulalar yaratdi. Jumladan: «Ona
orzusi», «zafar topib», «Ol qasos», «Jangda bardam bo‗l» kabi
vatanparvarlik mavzusidagi qo‗shiqlar yozdi. alishernavoiyning «Orazi»
va «O‗rtanur» g‗azallariga fortepiano jo‗rligida qo‗shiqlar, simfonik
orkestr uchun suita, O‗zbek xalq cholg‗ulari ansambliga iiiqismli «mehnat
fronti»
nomli suita, «Orzigul» va «yoriltosh» spektakllariga musiqa
bastaladi. D.zokirov musiqali sahna asarlar yaratishga katta e‘tibor
berdi. «so‗nmas chiroqlar», «Dalada bayram», «vatan qirg‗oqlari»,
«yoshlikda bergan ko‗ngil», «Hayot mash‘ali», «mening jannatim»,
«shahzoda va yetim qiz» musiqali dramalarini yaratdi.alishernavoiy
nomidagi opera va balet teatri sahnasida «Oynisa» baleti, «zaynab va
Omon» operasi tomoshabinlarga havola etildi. Quyidagi «amirlikning
yemirilishi», «Qutlug‗ qon», «yor-yor» kinofilmlariga musiqalar,
simfonik orkestr uchun «Hamza» nomli poema yaratdi. alishernavoiy
g‗azallariga bastalagan «ko‗rmadim», «ey sabo», «bo‗lmasa», «ayb
etmangiz», turob to‗la she‘riga «bulbul» nomli romanslari simfonik orkestr
jo‗rligida mashhur bo‗lib ketdi. yuzdan ortiq ashula,
ommaviy xor
qo‗shiqlarini yaratdi. bularga «O‗zbekistonim», «tinchlik qo‗shig‗i»,
«paxtakor diyor», «Hayot gulshani» kabilar misol bo‗la oladi. O‗zbek
mumtoz musiqa namunalarini qayta ishlab, o‗zbek xalq cholg‗ulari
120
orkestri, yakka cholg‗ular va orkestrga moslashtirdi. bular orkestr uchun:
«yovvoyi chorgoh», «fig‗on», «Qaytarma», «cho‗li iroq», «farg‗onacha»,
«savti navo», «mirzadavlat», «nasrulloyi», «tasnifi dugoh», «ufori navo»,
«Rajabiy», «Jazoir». bolalar uchun «sayohat — rohat» «kungaboqar»,
«Oppoq otim, «kapalak va handalak», «bog‗da pishdi, uzumlar», «yangi
yilim — yaxshi yilim», «kitob mening do‗stimsan», «ko‗ylagim»,
«bolalar valsi», «baxtiyorlar qo‗shig‗i», «Olma» qo‗shiqlariga kuy
bastaladi.Doni zokirov O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan artist,
O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan san‘at arbobi, O‗zbekiston xalq artisti
faxriy unvonlariga sazovor bo‗ldi. Orden, medallar va faxriy yorliqlar
bilan
mukofotlandi
Dostları ilə paylaş: