O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

MUHAMMADJON MIRZAYEV (1913—1999) 
 
O‗zbekiston xalq artisti, bastakor va sozanda muhammadjon mirzayev
ajoyib qo‗shiq, ashula va kuylari bilan el-yurt hurmate‘tiboriga 
sazovor bo‗ldi. uning yaratgan asarlari hayotni, 
sevgimuhabbatni, vafo va sadoqatni, mardlik va 
jasoratni aks ettiradi.muhammadjon mirzayev 1913-
yil 13-avgustda toshkent shahrida ishchi oilasida
tug‗ildi. 1920-yildan umum ta‘lim maktabida 
o‗qidi. 
1932-yilda 
toshkent 
to‗qima 
chilik 
kombinatiga ishga kirdi va bo‗sh vaqtlarida temir
yo‗lchilar klubida tashkil etilgan havaskorlik
to‗garagiga qatnab, mandolina chalishni o‗rgandi. 


113 
1936-yili O‗zbek filarmoniyasi qoshida to‗xtasin Jalilov rahbarligida 
tashkil topgan «O‗zbek xalq cholg‗ulari ansambli»ga ishga qabul qilindi. 
bu yerda m.mirzayevga rubobchi Yusuf Oxun qashqar rubobida kuylar
chalishni o‗rgatdi. yosh sozanda tez orada ansamblda ishtirok etish bilan 
birga, musiqa ijrochiligi va ijodkorligi sirlarini o‗rgandi hamda hayotiy 
maktabni shu ansamblda o‗tadi.ikkinchi jahon urushi yillari O‗zbek 
filarmoniyasi qoshida bir nechta «front konsert brigadalari» tuzildi. 
shulardan biri 1942-yilda tashkil etilgan bo‗lib, m.mirzayev ham ular bilan 
birgalikda, frontda jangchilarga konsertlar berib xizmat qildi.1943-yili
«farhod ges»i qurilishi munosabati bilan ishchilarga madaniy xizmat
qilish maqsadida boshqarma qoshida «musiqali drama teatri» tashkil
topdi. O‗zbekiston san‘at bosh boshqarmasi muhammadjon mirzayevni 
ushbu teatrga musiqa rahbari lavozimiga tayinladi. uning mustaqil 
bastakorlik faoliyati shu jamoada boshlandi. sozanda va bastakor 
muhammadjon mirzayev zamonaviy mavzularda yangi-yangi jozibali 
qo‗shiq va raqslarni yaratdi va ansambl ijro repertuarini boyitdi.1948-yili 
toshkent Davlat konservatoriyasida «O‗zbek xalq cholg‗ulari»
kafedrasi tashkil topdi. Bu dargohga m.mirzayev birinchi talabalar
qatorida o‗qishga kirdi va 1953-yili bitirdi. shu yildan boshlab to 
umrining oxirigacha filarmoniya qoshidagi «musiqa bo‗limi»da rubobchi-
yakkanavoz vazifasida ishlab, xalqimizga xizmat qildi. uning ijrochilik 
mahoratiga barcha tan berdi, yuqori malakali ijrochilik san‘atini sevimli 
o‗g‗li shavkat mirzayevga meros qilib qoldirdi. u1950—1980-yillarda o‗z 
ustida ko‗p ishladi, tinimsiz ijodiy mehnat qildi. uning ashula va yallalari 
O‗zbekiston xalq hofizi ma‘murjon uzoqov ijrosida ilk bor yangradi, 
jumladan, «Qachon bo‗lg‗ay», «sho‗xi jononim mening», «yor istab», 
«yo‗lingda», «ko‗zlaring», «surating», «yolg‗iz», «yana», «shaydo 
bo‗libman», «zor etding», «parvoz etib ket».tojikiston xalq artisti xanifa 
mavlonova ijrosida quyidagi ashulalari mashhur bo‗lib ketdi: «parvona 
bo‗ldim», «yuragingni o‗ynatdimi», «gulchehra yor», «Husningga bu
shaydoni», «tong otguncha». bastakor ko‗p yillar davomida 
mukarramaturg‗unboyeva nomidagi «bahor» raqs ansambli, O‗zbekiston 
Davlat filarmoniyasining «shodlik», «lazgi» ashula va raqs ansambllari 
repertuarini kuy va qo‗shiqlar bilan
boyitdi. u300 dan ortiq kuy va qo‗shiqlar, yalla va raqslar kuylarini 
yaratdi. bulardan: «bahor valsi», «Dildor i va ii», «intizor etma»,
«gulnoz», «ey gul», «uch dugona», «ko‗zlarimga ziyo ayla»,
«chavandoz qizlar», «assalom, kelin salom», «toshkent nahori», «Dil 
kuylasin», «go‗zal vatanim», «marg‗ilon qizlari», «shodlik» kabi kuylari 


114 
keng qanot yozdi. shuni aytish joizki, moskvada o‗tkazilgan «O‗zbekiston 
adabiyoti va san‘ati» dekadalarida, «katta fargona kanali», «farhod ges», 
«kattaqo‗rg‗on suv ombori», «toshkent kanali» kabi yirik qurilishlarda 
ijrochiligi va bastakorligi bilan faol qatnashdi.O‗zbekiston musiqa
madaniyatining rivojlanishidagi ulkan xizmatlari uchun orden va
medallar bilan taqdirlandi. O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan artist,
O‗zbekiston xalq artisti faxriy unvonlari bilan mukofotlandi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin