110
arbobi.muxtor ashrafiy 1912-yil 11-iyunda Buxoroda tug‗ildi, juda
yoshligidan boshlab musiqaga qiziqdi. ashrafiy bolaligida madrasada,
so‗ngra yangi tipdagi boshlang‗ich maktabda ta‘lim oldi. 1924-yilda
musiqa texnikumida va maorif institutida o‗qidi.1928-yilda samarqanddagi
O‗zbek musiqa va xoreografiya institutiga o‗qishga kirdi. mana shu
yillarda uning dastlabki ijodiy ishlari — bir ovozli xorlar va qo‗shiqlari
yaratilgan edi. 1929-yilda u Sh. Ra mazonov va T.Sodiqov bilan birgalikda
«sadrash» marshini yaratdi va o‗zi talabalar simfonik
orkestriga dirijorlik
qildi.1930-yilda muxtor ashrafiy O‗zbek Davlat musiqali drama
teatrining bosh dirijori qilib tayinlandi.1934—1937-yillar davomida u
moskva konservatoriyasi qoshidagi opera studiyasida taniqli bastakor
n.vasilenkodan musiqa ijodi nazariyasi bo‗yicha ta‘lim oldi.1937-yilda
moskvada bo‗lib o‗tgan O‗zbek san‘ati dekadasiga dirijor qilib tayinlandi.
toshkentga qaytib kelgach, o‗zbek opera va balet teatrining bosh dirijori va
badiiy rahbari lavozimiga tayinlandi.1939-yil muxtor ashrafiy s.vasilenko
bilan birga «bo‗ron» operasini yozdi (k.yashin librettosi),
oradan bir yil
o‗tgandan keyin esa, bu ikkala bastakorning boshqa bir asari —
«ulug‗ kanal» operasi yaratildi (k.yashin va m. Rahmonov librettosi).
ulug‗ vatan urushi yillarida muxtor ashrafiy «Jangga boraman»,
«Qasam», «sevgilimga salom», «Jangda botir bo‗l» kabi vatanparvarlik
ruhidagi qo‗shiqlar, «turon», «ulug‗ kanal» va «sherali» asarlaridagi
ayrim nomerlar asosida skripka bilan fortepiano uchun kichik pyesalar
yaratdi.1958-yil fevral oyida toshkentda ashrafiyning «Dilorom»
operasi
(k.yashin va m.muhamedov librettosi) sahnaga qo‗yildi. so‗ngra 1962-
yilda uning boshqa bir operasi — «shoir qalbi» (izzat sulton
librettosi) yaratildi. m.ashrafiy 1964-yilda b.bargi pyesasi asosida
«mirzo izzat Hindistonda» sahna asarini yozdi. 1963—1964-yillarda
sadriddin ayniy xotirasiga bag‗ishlab «temur malik» simfonik poema
ropsodiyasini, «bayram uverturasi»ni, «sadoqat» (Habibiy she‘ri), «ajoyib
tun» (ya. Qurbon she‘ri) va «ko‗zlari ofatijon» (t.to‗la she‘ri) qo‗shiqlarini
yozdi.bastakor 1965—1970-yillar mobaynida «sevgi tumori» baletini,
simfonik orkestr va ovoz uchun «Ona mehri» romansini, «Jangovar
kunlarda»
vokal simfonik poemasini, simfonik orkestr uchun
«subhidamda» xoreografik manzaralarini yaratdi. «Dilorom» va «shoir
qalbi» operalari musiqalari asosida simfonik orkestr uchun ikkita suita
yozdi. bundan tashqari kompozitor «momaqaldiroqda tug‗ilganlar»,
«koniyuta g‗orining siri», «Dilorom» (film-balet) va «Qadimgi qal‘a
afsonasi» kinofilmlariga musiqalar bastaladi.1964—1966-yillarda yangi
tashkil topgan samarqand opera va balet teatri
direktori, badiiy rahbari
111
va bosh dirijori, 1966—1971-yillarda alisher navoiy nomidagi akademik
katta opera va balet teatri badiiy rahbari va bosh dirijori, 1971-yildan
umrining oxirigacha toshkent Davlat konservatoriyasi
rektori vazifalarini
bajardi. m.ashrafiy O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan artist, O‗zbekiston
xalq artisti faxriy unvonlariga sazovor bo‗lgan. u«shuhrat» ordeni, ikki
marta Davlat mukofoti, Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti,
J.neru nomidagi Hindiston Davlat mukofoti,
Jamol abdul nosir nomidagi
misr Davlat mukofoti sovrindori.
Dostları ilə paylaş: