108
BOLALAR UCHUN ASARLAR YOZGAN
KOMPOZITORLARI VA BASTAKORLAR.
Mutal Burhonov (1916—2002)
O‗zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqa sining muallifi,
O‗zbekiston xalq artisti, Hamza va berdaq nomidagi Davlat mukofotlari
sovrindori Mutal (Muta vakkil) burhonov
hayoti va ijodiy faoliyati
zamonaviy o‗zbek professional san‘atining rivojlanish tarixi bilan
chambarchas bog‗liqdir.Mutal Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoro
shahrida tug‗ildi. bolaligidan musiqaga qiziqdi va mehr qo‗ydi. Bolalik
davrida oldin eski
diniy maktabda, so‗ngra yangi maktablarda o‗qidi.
tanbur chalishni avval amakisidan, so‗ngra Ota g‗iyos abdug‗anidan
o‗rgandi. 1928—1932-yillarda samarqandda O‗zbekiston musiqa va
xoreografiya institutida ta‘lim oldi. O‗qishni bitirgach, 1932—1935-
yillarda toshkentda Hamza va Dushanbeda.
Loxutiy nomidagi drama
teatrlarida sozanda va musiqa rahbari lavozimlarida ishladi, musiqa
bastalashga intildi. 1935-yilda Moskva konservatoriyasi qoshida ochilgan
«O‗zbek opera studiyasi»da tahsil oldi. 1938-yilda
moskva konservato
riyasida professor s.n.vasilenko sinfida o‗qishni davom ettirdi. ikkinchi
jahon urushi boshlanishi bilan ko‗ngil lilar armiyasi safida moskva shahri
himoyasiga otlandi. 1942-yili qattiq betob bo‗lib, toshkentga qaytib
davolandi, ijod bilan shug‗ullandi. 1946-yildan o‗qishini davom ettirib,
1949-yili
moskva
konservatoriyasi
kompozitorlik
fakultetini
muvaffaqiyatli tugalladi.utalabalik davridayoq
ilk ijodini atoqli shoir
a.Loxutiy she‘rlariga bastalagan «Ey bulbul» romansi va «buti
nozaninam» (Mening go‗zalim) qo‗shig‗idan boshladi. mutal burhonov
«Maftuningman», «Samolyotlar Qo‗nolmaydi», «Surayyo», «Boy ila
xizmatchi», «abu ali ibn sino» kinofilmlariga qo‗shiqlar yozdi.
109
ubirinchilardan bo‗lib romans janrini respublikamiz musiqiy hayotiga joriy
etdi. ulug‗ shoir alisher navoiy g‗azallariga bastalagan «tabassum
qilmading» va Hofiz g‗azaliga yakkaxon va simfonik orkestr uchun
«namedonam chi nom dorad» (ismingni bilmayman) romans-poemasi
alohida o‗rin tutadi. yakkaxon, xor
va simfonik orkestr uchun
«gullagay O‗zbekiston» kantatasi, «bahor qo‗shiqlari» vokal-simfonik
poemasi, «Oq oltin» vals-qo‗shiq poemasini yaratdi.alisher navoiyning
525 yilik yubileyiga bag‗ishlab abdulla Oripov bilan hamkorlikda «alisher
navoiyga qasida» vokal-simfonik poemasini yaratdi. m.burhonov
birinchilardan bo‗lib, o‗zbek, tojik, uyg‗ur, afg‗on
va eron xalq
qo‗shiqlarini: «go‗zal qizga», «sari kuxi baland», «gulli gandum»,
«bibigul» asarlarini xor uchun moslashtirdi. «alisher navoiy», «Hikmat»,
«Oygul va baxtiyor» spektakllari uchun musiqalar yaratdi. bolalar xori
uchun «vatan bizga mehribon», «buxoroyi sharif», «Ochil paxtajon»,
«ey ulug‗ ustoz» kabi qo‗shiqlarga kuy bastaladi. yakkaxon xor va
simfoniya orkestr uchun besh qismli «abadiy xotira» nomli «Rekviyem»
yaratgan. bu asar qatag‗on yillarda qurbon bo‗lgan o‗zbek xalqining ulug‗
farzandlari xotirasiga bag‗ishlangan.kompozitor mutal burhonov
O‗zbekiston musiqa madaniyati rivojlanishida buyuk xizmatlari uchun
O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan san‘at arbobi, O‗zbekiston xalq
artisti faxriy unvonlariga sazavor bo‗ldi. «mehnat shuhrati» medali,
O‗zbekiston, Tojikiston va Beloruss hukumatlari
faxriy yorliqlari bilan
mukofotlandi.
Dostları ilə paylaş: