106
Cho‗pon
bola ham xayrlashib, chiqib ketadi.
Hamma:
Xayr kamalak, xayr cho‗pon bola.
Bolalar uchtadan, to‗rttadan bo‗lib, to‗p-to‗p bo‗lib, qizlarning
boshida gulchambar, sho‗x-shodon quvnashib,
sayl haqida gaplashib,
chiqib ketadilar.
Bolalarning MTMda musiqiy faoliyatini tashkil etish va jihozlash
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy tarbiyasi va rivojlanishi
mashg‗ulotlarda, kundalik hayotda takomillashadi. Bolaning o‗zidagi
musiqaga bo‗lgan qiziqishini tarbiyachi yoki guvernor musiqani bola-
ning kundalik hayotida
ertalabki badantarbiyada, mashg‗ulotda aniq
qilib beradi. Tarbiyachi yoki bolalar hayotini shunday tashkillashtirishi
kerakki, ular turli xil qiziqarli bo‗lishi shart. O‗qitish jarayonida olgan
bilimlarini esa bolalar hayotida mustaqil bajara olsinlar. Shu maqsadda
pedagog, musiqa bolalar hayotida o‗z o‗rnida ishlata olishni yo‗llarini
o‗ylab topishi kerak. Shunday lahzalarni ko‗rib chiqamiz:
1. Sayr vaqtida musiqa.
Musiqa har xil holatda bolalarga har xil ta‘sir qilishi mumkin.
Masalan, o‗rmon yo‗laklarida shodon qadam tashlab kelayotgan bolalar
o‗zlariga tanish bo‗lgan sho‗x-shodon kayfiyatda kuylab borishmoqda.
Atrofni kuzatish paytida musiqa atrof-muhitni yanada go‗zal
qilib
ko‗rsatadi, atrof-muhitga yanada qiziqish uyg‗otadi. Shunday holatlarda
maydonchada bolalar chumchuqlarga non ushoqlarini berib boqqanda,
ularning diqqatini sho‗x bir chumchuqcha tortadi, u boshini aylantirib,
oyoqlarida u yoq bu yoqqa quvnoq sakraydi. Tarbiyachi B.Giyenkonig
«Chumchuq» ashulasini aytadi. «Chiriq-chiriq, chirq-chiriq, bog‗otda
sayrar chumchuq».
Musiqa mashg‗ulotlarining tarbiyaviy
vazifa va maqsadlari
Musiqa
mashg‗ulotlarining
ta‘limiy vazifa va maqsadlari
Bolalarda harakat uyg‗unligini
oshirish,
ritmga mos qadam tashlash, yengil
yugurish, oyoq to‗pillatish va qo‗llar
bilan mashqlar bajarishga o‗rgatish.
Bolalarning
musiqiy-ritmik
ko‗nikmalarini rivojlantirish.
Asarni mazmuniga ko‗ra qismlarga ajrata
olish
hamda
harakatda
ifodalash
Musiqa ohangini his etish va
musiqa
tinglash madaniyatini
107
malakalarini oshirish.
shakllantirish.
Quvnoq va g‗amgin musiqa ohanglarini
farqlashga, ketma-ket tovushlarni kuy-
lashga o‗rgatish.
Bolalarda musiqani his etish,
kuylash va tinglash qobiliyat-
larini rivojlantirish.
Davr
bilan hamohang, faslga mos
qo‗shiqlarni kuylashga o‗rgatish.
Musiqa jo‗rligida ovozning
sof va jarangdorligini rivoj-
lantirish.
O‗zbek xalq
raqs elementlarini musiqa
jo‗rligida
o‗rgatish
va
ijodiy
qobiliyatlarini tarbiyalash.
Raqs
san‘atiga
bo‗lgan
qiziqishni oshirish.
Bolalarni milliy cholg‗u asboblari bilan
tanishtirish. Zarbli va torli asboblarda
ijroga o‗rgatish.
O‗zbek milliy cholg‗ulariga
bo‗lgan
qiziqishlarini
oshirish.
O‗yin davomida harakat ijodkorligini
oshirish.
Bolalar
faolligi
hamda
jamoaviyligini oshirish.
Musiqa mashg‗ulotlari
o‗rta guruhda – 20-25;
katta guruhda –25-30;
tayyorlov guruhida – 30-35 daqiqa davomida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: