O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

SHERMAT YORMATOV (1939) 
 
O‗zbekiston xalq artisti, xor dirijori va murabbiy, bas takor 
shermat yormatovning mehnat faoliyati ko‗p ovozli bolalar xor 
ijrochiligini rivojlantirishda alohida o‗rin egallaydi. O‗zbekiston 
teleradiosi huzurida 1967-yilda o‗zi tashkil qilgan «bulbulcha» 
bolalar jamoasi respublikamiz madaniy hayotida katta rol o‗ynab 
kelmoqda. sh.yormatov o‗ttiz yildan ortiq davr ichida xor repertuarini
boyitishda kompozitor va shoirlar bilan hamkorlik qildi.shermat 
yormatov 1939-yil 17-oktabrda farg‗ona viloyati log‗on qishlog‗ida 
dehqon oilasida tug‗ildi. 1947-yilda umumta‘lim maktabiga o‗qishga 
bordi va havaskorlar to‗garagiga qatnashdi. U tez orada maktabda 
ajoyib ovozi bilan mashhur bo‗lib qoldi, tuman va viloyat festivallari 
hamda ko‗rik-tanlovlarida mukofotlar egasi bo‗ldi. sh.yormatov
maktabni bitirib, 1959-yili toshkent madaniyat texnikumiga o‗qishga 
kirdi. 1962-yilda sh.yormatov istisno tariqasida kirish imtihonlarisiz 
toshkent Davlat konservatoriyasiga qabul qilindi. utalabalik yillari 
musiqa bastalash sirlarini o‗zlashtirish maqsadida kompozitor pak 
endindan saboq oldi. konservatoriyaning xor dirijorligi fakultetini
tugatib, O‗zbekiston teleradiosi huzuridagi botir umidjonov
rahbarlik qilgan xor jamoasiga dirijor vazifasiga tayinlandi. mohir 
xormeystr sh.yormatov o‗z tajribasini talabalarga tatbiq etish 
maqsadida o‗quv yurtlarida ustoz-murabbiy sifatida xizmat qilib 
kelmoqda. 1990-yildan buyon A. Qodiriy nomidagi toshkent 
madaniyat institutida dotsent vazifasida ishlab kelmoqda.U 1996—
1999-yillarda Respublika «ma‘naviyat va ma‘rifat» markazi


127 
raisining birin chi o‗rinbosari lavozimida, 2000—2002-yillarda yu. 
Rajabiy nomidagi toshkent musiqa-pedagogika bilim yurti direktori
lavozimida ham ishladi. 1961-yili toshkentdagi 99-maktab 
qoshida respublikada ilk bor o‗zbek bolalar õor jamoasini yaratdi. bu 
õor jamoasi tobora rivojlanib, Respublika bolalar ijodiy markazining 
«boychechak» õor studiyasiga aylandi. 1970-yili Davlatimizning 
respublikada qo‗shiq va õor san‘atini rivojlantirish haqidagi qaroriga
asoslanib, O‗zbekiston teleradiokompaniyasi qoshida namunali
bolalar õor jamoasi tashkil qilindi. bu jamoaga shermat yormatov 
badiiy rahbar va bosh dirijor qilib tayinlandi. keyinchalik bu õor 
jamoasini sh.yormatov «bulbulcha» ashula va raqs ansambliga 
aylantirdi. Hozirgi kunda bu ansamblning shuhrati butun olamga 
mashhur. unda 700 dan ziyod turli yoshdagi bolalar ishtirok etadi. 
kompozitor sh.yormatovning ijodida qo‗shiq janri ustivor turadi. 
Jumladan: «g‗ildiragim» «islom bobo», «Oymomajon rom bo‗ldi», 
«bu go‗zal o‗lka», «Dadamlarga o‗xshasam», «Qor», «sumalak», «Oy 
vata nim» kabi qo‗shiqlar, «maysa», «boychechak», «Qari chumchuq 
chaqimchi», «yalpiz», «Dorboz», «keldi navro‗z» kabi o‗zbek xalq 
qo‗shiqlarini bolalar xori uchun qayta ishladi. O‗smirlar uchun 
«assalom hayot» nomli vqismli kantata, bolalar xalq termalari asosida 
vokal-xoreografik suitasini yaratdi. uning qo‗shiqlari turli nota 
to‗plamlari va «musiqa» darsliklariga kiritilgan. sh.yormatov 
hammualliflikda umum ta‘lim maktablari uchun musiqa darsliklarini 
yaratdi va nashrdan chiqardi.shermat yormatov O‗zbekistonda xizmat 
ko‗rsatgan artist, «sog‗lom avlod uchun» ordeni, O‗zbekiston xalq 
artisti faxriy unvoni bilan mukofotlangan. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin