HABIBULLA RAHIMOV(1946)
Zamonaviy o‗zbek professional musiqa san‘atining
namoyandalaridan biri Habibulla Rahimov turli mavzu, shakl va
janrlarda xilma-xil, barkamol asarlar yaratib, musiqa
shinavandalarini xushnud etib kelmoqda.Habibulla Rahimov 1946-yil
31-oktabrda tojikiston Respublikasi xo‗jand viloyati ning nav
tumanida taniqli sozanda g‗aybulla Rahimov oilasida tug‗ildi.
130
to‗ng‗ich farzand bo‗lgan Habibulla ota kasbini bolaligidan egallay
boshladi. sadirxon Hofiz nomidagi xo‗jand Davlat musiqa bilim
yurtida tahsil oldi. g‗ijjak chalish bilan bir qatorda, unda kuy
bastalashga ishtiyoq tug‗iladi. musiqa bilim yurtini bitirgach
ustozlarining maslahatiga binoan, 1964-yili m.ashrafiy nomidagi
toshkent Davlat konservatoriyasi kompozitorlik fakultetining
tayyorlov bo‗limiga o‗qishga kirib, boris giyenko sinfida tahsil
oladi. 1974-yili Davlat imtihoniga shoir to‗lqin so‗ziga yakkaxonlar,
xor va simfonik orkestr uchun «Osvensim» nomli oratoriyasini taqdim
etdi.
1974—1976-yillarda
konservatoriyada
asissentura-
stajorlikda professor boris zeydman sinfida kasb malakasini oshirdi.
H. Rahimov konservatoriyada o‗qish bilan bir paytda 1969—
1974-yillarda Respublika damli cholg‗ular maktab-internatida musiqa
nazariyasi fanidan o‗qituvchilik qildi. 1977—1989-yillarda a. Qodiriy
nomidagi toshkent Davlat madaniyat institutida o‗qituvchi, katta
o‗qituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. «partitura o‗qish va
cholg‗ulashtirish» fanidan dars berdi. 1989-yildan boshlab
O‗zbekiston Davlat konservatoriyasida ushbu fan bo‗yicha talabalarga
saboq berib kelmoqda. H. Rahimov yaratgan simfonik va vokal-
simfonik asarlar O‗zbekiston milliy simfonik orkestri repertuarini
yanada boyitdi. simfonik orkestr uchun: «simfonik poema», ibn sino
she‘rlariga «beshta ruboiy», ovoz va simfonik orkestr uchun
uvaysiy g‗azallariga «beshta» romans, «sayil bayram» uverturasi,
«segoh» simfoniyasi, «Rost», «Raqs» va «tong» kuylari, ud va
kamer orkestri uchun «fantaziya», dutor va kamer orkestr uchun
«Qo‗shtor», rubob va orkestr uchun «arabcha poema»larni yaratdi.
H. Rahimov o‗zbek cholgu orkestri uchun ham bir qator asarlar
yaratdi. Jumladan: «Qo‗shiq va raqs», «armug‗on», «naqsh va
tarona», «tarona va ufor» pyesalari, «muborakbod» uverturasi,
«yoshlik bayrami» konsertinosi, «noma‘lum askar xotirasi» poemasi,
«yaponcha raqs» va navoiy g‗azallariga «poema» kabi qator
musiqiy asarlarni yaratdi. kompozitor damli cholg‗ular uchun ham
10 dan ziyod asarlarni yozdi. 1975-yili uyg‗un bilan hamkorlikda
«parvona» nomli ilk musiqali dramasini yaratdi. «kelin tanlov»,
«mushkul savdo» musiqali komediyalari 1997-yili sahna yuzini
ko‗rdi. «Ona qalbi», «alpomish va barchinoy» operalarini yaratdi. H.
Rahimov ijodida qo‗shiq va romanslar alohida o‗rin tutadi. Jumladan:
«sog‗inganda» «uzoqda», «bo‗ron», «mening sevgim», «yulduzlar»
kabi romanslar. fortepiano uchun 18 ta xalq kuylarini moslashtirdi, 16
131
ta asardan iborat «albom», g‗ijjak va fortepiano uchun «ballada» va
sonatalar yaratdi. H. Rahimov respublikamizda o‗tkazilgan eng
yaxshi qo‗shiq tanlovining ko‗p yillar sovrindori. kompozitor
bolalar uchun «Do‗mboqchalar qo‗shig‗i», «Oy bo‗lamiz — toy
bo‗lamiz», «buõoro», «samarqand» «sho‗x bolaman», «muchal
qo‗shig‗i», «men g‗unchaman», «tilla qo‗ng‗iz» va «bolalar» kabi
qo‗shiqlarga kuy bastaladi.Habibulla Rahimov «shuhrat» medali
bilan mukofotlandi, O‗zbekiston Respublikasi san‘at arbobi
unvoniga sazovor bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: |