O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

 
FARHOD ALIMOV(1947) 
 
Kompozitor Farhod Alimov hozirgi
zamon o‗zbek musiqa san‘atining 
zabardast vakillaridan biri. uyorqin 
ijodiy faoliyati bilan rang-barang,
jo‗shqin va jozibali qo‗shiqlari,
o‗zbek xalq cholg‗u orkestriga va
teatr uchun yozgan asarlari bilan 
shinavandalari qalbidan joy olib,
zamonaviy milliy musiqa san‘ati 
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‗shib 
kelmoqda.farhod alimov 1947-yil
23-oktabrda toshkentda muhandis
oilasida tug‗ildi. 1954-yili maktabga bordi. farhodning musiqaga
qiziqishini ko‗rgan ota-onasi uni 1959-yil R.Glier nomidagi
respublika musiqa maktab-internatiga o‗tkazdilar. bu yerda u g‗ijjak 
chalishni taniqli o‗qituvchi O.Xolmuhamedovdan o‗rgandi. 1965-yil
maktabni imtiyozli tugatib, toshkent Davlat konservatoriyasining 
o‗zbek xalq cholg‗ulari fakultetiga imtihonsiz qabul qilindi. 
konservatoriyani 1970-yilda g‗ijjak bo‗yicha bitirib, O‗zbekiston 
radiosi qoshidagi O‗zbek xalq cholg‗u asboblari orkestrida sozanda 
bo‗lib ishladi. Orkestrda ishlab yurgan paytlarida musiqa
bastalashga intilib, qo‗shiq va kuylar yoza boshladi.
kompozitorlik 
malakasiga 
ega 
bo‗lish 
uchun 
1972-yili 
konservatoriyaning tayyorlov kurslarida, so‗ngra asosiy bosqichda 
boris giyenkoda ta‘lim oldi. 1975-yildan boshlab a. Qodiriy nomidagi 
madaniyat institutida katta o‗qituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. 
1995-yildan boshlab toshkent Davlat konservatoriyasida orkestr 
dirijorligi kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda.f.alimov
musiqa san‘atining deyarli barcha janrlarida samarali ijod
qilmoqda. uning bastalagan asarlari simfoniya, ovoz va simfonik
orkestr uchun «maftuningman toshkent» vokal-simfonik poemasi,


136 
«Ona sayyorani asrang» kantatasi, «ibn sino hayotidan
lavhalar» simfonik poemasi, «shodiyona», «tabriknoma», «to‗yona»
uverturalari, jo‗rsiz xor uchun navoiy ruboiylariga «muhabbatnoma
turkumi», bobur ruboiyllariga «Dil sadosi» turkumi milliy ruhi va
ta‘sirchanligi bilan ajralib turadi. 1990-yillarda «muhabbatnoma», 
«baxshida» nomli baletlarni, quyidagi musiqali dramalarni yaratdi: 
«yusuf va zulayxo», «fotima va zuhra», «nodirabegim», «Devona», 
«soyibxo‗ja operasi», «super qaynona», «checha», «super qaynona — 
2», «na falakman, na malak», «muhabbat tuyg‗usi», «Oq kabutarlar» 
musiqali komediyalari muqimiy nomidagi musiqali teatrda sahna 
yuzini ko‗rgan.f.alimov «mehrobdan chayon» filmiga, «samarqand 
obidalari va muzeylari», «vatan bizniki», «san‘at maktabi» hujjatli 
filmlariga musiqa bastalagan.shuningdek, «navro‗z», «sharq
taronalari», amir temur va ulug‗bek yubileylariga bag‗ishlangan 
anjumanlarda o‗z asarlari bilan faol qatnashdi. uning asarlari 
germaniya, ispaniya, misr, fransiya mamlakatlarida ijro etilib, olqish 
va hurmatga sazovor bo‗ldi.kompozitor bolalar uchun «sariq 
jo‗jalarim», «Oyijonim allasi», «yoz fasli», «yashasin do‗stlik», 
«chaqqon bola», «Oppoq qayin», «ahillik — do‗stlik» kabi juda ko‗p 
qo‗shiqlarga kuy bastaladi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin