137
o‗tkazishadi. mashhur kompozitor Rumil vildanovdan musiqa
sirlarini o‗rgandi. 1967-yili simfonik
orkestr uchun bastalagan
«suita»si bilan a‘lo baholarga o‗qishni bitirdi. O‗sha yili Toshkent
Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o‗qishga
kirdi. bu oliy dargohda kompozitorlik bo‗yicha georgiy musheldan,
cholg‗ulashtirishdan aleksandr kozlovskiydan saboq oldi
n.Norxo‗jayev konservato riyani imtiyozli diplom bilan bitirib,
bekobod musiqa bilim yurtiga ishga yo‗llanma oldi. Harbiy xizmatni
o‗tab yurgan davrda vokal-cholg‗u estrada
ansamblini tashkil etib,
konsertlar bera boshladi. U o‗z faoliyatida qo‗shiq janriga ko‗proq
ahamiyat berdi. 1968—1972-yillarda musiqa maktabida, 1972—1975-
yillari bekobod musiqa bilim yurtida, musiqa maktabida o‗qituvchi va
bo‗lim mudiri bo‗lib ishladi. 1975—1976-yillarda «melodiya»
firmasining ovoz yozish studiyasida bosh muharrir vazifasida ishladi.
a. Qodiriy nomidagi toshkent Davlat madaniyat institutida o‗qituvchi,
katta o‗qituvchi, dotsent bo‗lib, ayni paytda yu. Rajabiy nomidagi
toshkent pedagogika bilim yurtida o‗qituvchi, 1998-yildan buyon
toshkent Davlat konservatoriyasi estrada ijrochilik kafedrasi mudiri,
2003-yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda.n.norxo‗jayev
fortepiano uchun 3 ta pyesa, 4 ta preludiya, 2
ta variatsiya, sonatina,
«luqmalar» nomli miniaturalar turkumi, so‗zsiz qo‗shiq, fortepiano
uchun 2
ta sonata, skripka va fortepiano uchun pyesa, torli kvartet,
fortepiano va simfonik orkestri uchun «konsertino», ivqismli simfonik
suita, iqismli simfoniya va ko‗pgina qo‗shiqlar yaratdi.n.norxo‗jayev
ijodida qo‗shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. uzamondosh shoirlar
bilan hamkorlikda 00 dan ortiq estrada va bog‗cha
bolalari hamda
maktab o‗quvchilariga atab qo‗shiqlar yaratdi. yosh bastakorning
bolalar uchun 1975-yilda yozgan «Hakkalar» ilk estrada qo‗shig‗i
«paxtaoy» nomli vokal cholg‗u ansambli ijrosida mashhur bo‗lib
ketdi. Jumladan, «yaxshi bola», «Dangasa», «eh, orzular», «antiqa
musobaqa», «Diyor madhi», «balig‗im», «salom bergan bolalar»,
«sayyoraxon», «chamandagi gullarmiz», «boboxo‗roz», «Dono bola»
kabi qo‗shiqlari «bulbulcha» bolalar xori ijrosida omma lashib ketgan.
bolalar xori uchun «Hafta» kantatasi, «Daraxtlar suhbati» õor suitasi,
o‗zbek xalq qo‗shiqlarini xor uchun qayta ishladi. «Osmondagi oy»,
«chori chambar», «kavushim», «chuchvara qaynaydi» qo‗shiqlari
shular jumlasidan.nadim norxo‗jayev O‗zbekistonda xizmat
ko‗rsatgan
madaniyat
xodimi
faxriy
unvoni
bilan
taqdirlangan.Respublika «Ofarin — 2000» ko‗rik-tanlovi
sovrindori,
138
O‗zbekiston bastakorlar uyushmasi qo‗shiq sho‗basi raisi,
respublikamizda o‗tkazilayotgan turli ko‗rik-tanlovlarda jyuri
hay‘atlarining faol ishtirokchisi.
Dostları ilə paylaş: