140
O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan
madaniyat xodimi, kompozitor
Dilorom Omonullayeva O‗zbekiston bastakorlar uyushmasi safiga
estrada qo‗shiqlari va boshqa asarlari bilan kirib keldi. uo‗zining
ijodiy faoliyati bilan respublika musiqa san‘atining rivojlanishiga
samarali hissa qo‗shib kelmoqda.Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-
oktabrda toshkent da musiqachilar oilasida tug‗ildi.
Diloromning
qalbiga ona allalari bilan birga musiqiy mo‗jizalar kirib keldi.
Qobiliyatli qizcha v.uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida
fortepiano sinfi bo‗yicha o‗qiy boshladi. 12 yoshida esa professor
boris zeydman sinfida kompozitsiyadan ham qo‗shimcha saboq oldi.
ilk asarlari orasida torli orkestr, urma cholg‗ular
va fortepiano
uchun 5 qismli suitasini milliy simfonik orkestri ijro etdi va
muvaffaqiyat qozondi.Dilorom Omonullayeva 1978-yili maktabni
muvaffaqiyatli
bitirib,
toshkent
Davlat
konservatoriyasining
kompozitorlik fakultetida professor boris zeydman sinfida o‗qishni
davom ettirdi, kompozitor Rumil vildanov sinfida o‗qishni
imtiyozli diplom bilan bitirdi. yosh mutaxassis talabalik
davridayoq Hamza xotirasiga bag‗ishlangan fortepiano uchun «sonata
i», «samarqand manzaralari» vqismi suitasi, «sonata ii»,
bir necha
romanslar va iiiqismli kvartet, fortepiano va fleyta uchun «pomir
eskizlari» polifonik pyesalarni yaratdi.D. Omonullayeva 1984—1986-
yillarda yo‗llanma bilan guliston san‘at bilim yurtida musiqa
fanlaridan dars bera boshladi. 1986—1990-yillarda D. Omonullayeva
konservatoriyada professor to‗lqin Qurbonov sinfida asisstenturani
bitirdi, so‗ngra 1990—1993-yillarda konservatoriyada «bastakorlik va
cholg‗ulashtirish kafedrasi»da o‗qituvchi, 1993-yildan v.uspenskiy
nomidagi maxsus musiqa maktabida o‗qituvchi bo‗lib ishladi.D.
Omonullayevaning ijodiy faoliyatida
zamonaviy estrada
qo‗shiqchilik san‘ati ustuvor turadi. u zamondosh shoirlardan
u.azimov, e. Obidov, n.narzullayev, z.mo‗minova, x.xudoyberdiyeva
va boshqalarning she‘rlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq
qo‗shiqlar yaratdi. ular «siz yoqqansiz menga hamisha», «yomg‗ir
yog‗di» «saraton», «sen qaydasan», «ikki daraxt», «azizim»,
«yig‗lama», «yolg‗on dunyo» va boshqalar. kompozitor turli yoshdagi
bolalar uchun ham ko‗p qo‗shiqlar bastaladi. uning qo‗shiqlari
teleradio to‗lqinlarida doimo yangrab kelmoqda. 1984-yil shoira
nodira g‗azallariga 2 ta romans yozdi.D.
Omonullayeva musiqa
san‘atining boshqa janr va shakllarida ham asarlar yaratdi:
fortepiano va simfonik orkestr uchun konsert, xor va orkestr
141
uchun suita, kamer cholg‗ular uchun musiqiy asarlar, jumladan,
«baxtimiz taronasi», «istiqlol madhiyasi»,
fortepiano uchun
sonata, fortepiano uchun «bolalar albomi», 5 ta kichik pyesa,
«kichkintoylar uchun musiqa» to‗plamiga 20 ta qo‗shiq va 30 ta raqs
kuylari kiritilgan, «topishmoq aytishuv», «topishmoq qo‗shiqlar»,
«alifbe qo‗shiqlari» va boshqalarni teleradiokompaniyaning
«bulbulcha» xor jamoasi simfonik estrada jo‗rlig‗ida
ijro etib
kelmoqda. shuningdek, 1997-yil usmonazim she‘riga «sharq
taronalari» xalqaro musiqa festivali madhiyasini yaratdi. O‗zbek
milliy teatri ochilishi munosabati bilan «milliy teatr madhiyasi» va
vatanparvarlik mavzusida 30 ga yaqin qo‗shiqlar yaratgan.Dilorom
Omonullayeva «Do‗stlik» ordeni bilan taqdirlangan O‗zbekistonda
xizmat ko‗rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, «Ofarin»
mukofoti sohibi, «O‗zbekiston — vatanim manim» va boshqa
tanlovlar sovrindori.
Dostları ilə paylaş: