Axmedjanova Diloromning " Ta’lim texnologiyalari"



Yüklə 109,31 Kb.
tarix28.07.2020
ölçüsü109,31 Kb.
#32312
TT-2.1 - topshiriq

.

CHDPI


1-bosqich 19-7 guruh talabasi

Axmedjanova Diloromning

“ Ta’lim texnologiyalari” fanidan

Bajargan 2.1-topshirig’i

1.Mavzu: Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasini qo’llash shart-sharoitlari, Individuallashtirilgan o’qitish kontsepsiyasi.
Topshiriqlar:

1. Tabaqalashtirilgan o'qitish texnologiyasining ta'rifi va mohiyatini izohlang.

2. Tabaqalashtirilgan o'qitishning maqsadli yo‘nalishlarini qayd eting

3. Tabaqalashtirilgan o'qitishning konseptual qoidalarini keltiring.

4. Gomogen guruhlarini tashkil etish usullami namoyon eting.

5. Tabaqalashtirilgan o'qitishning texnologik sxemasini izohlab bering.


Muammoli o'qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj. Dyunning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30-yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyun o'qitish uchun quyidagilarni asos qilib_belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so'z, san'at asarlari, texnik qurilmalar, o'yinlar va mehnat.

Bugungi kunda, muammoli o'qitish deganda mashg'ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o'quvchilar kasbiy bilimlarga, ko'nikmalarga, malakalarga ega bo'Iadilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

Muammoli o'qitish, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs subyekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlaming maqsadi -pedagogik jarayonda o'ziga xos qiziqish uyg'otishdir.

Muammoli o'qitish, o'qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlarmantiqi o'zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadl

Muammoli vaziyatlar kiritilib, an'anaviy, bayon etish o'quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi (3.3-rasm), o'quvchini uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o'qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.


Группа 186

3.3-rаsm. Muаmmоli o’qitishning tехnоlоgik sхеmаsi



BKM–bilim, ko’nikma, malaka AFU – aqliy faoliyat usullari

Группа 228

Muammoli o'qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o'quv masalalami nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.

O'quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o'qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o'quvchilar oldiga muammoli masalalar qo'yadi, ularni yechimining yo'llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o'zi yo'lga boshlaydi.

Shuni qat'iyatlik bilan ta'kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma'lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An'anaviy pedagogik usuldagi - bilimlardan muammoga qarab - o'quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko'nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o'zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O'zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog'liq bo'lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.

Agar inson muntazam tayyor bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga o'rgatilgan bo'lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so'ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalani yechishda a'lo darajada namoyon bo'ladi va rivojlanadi.

Muammoli o'qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha boladi: inson ziddiyatli, yangi, noma'lum muammoga (muammo - murakkab nazariy yoki amaliy masala bo'lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo'ladi, «gap nimada?» degan savol tug'iladi.

O'quvchi noma'lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o'qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo'luvchi, subyekt-obyekt-subyekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.

Muammoli o'qitishning asosiy belgisi, bu ilmiy, o'quv yoki barcha faoliyat turlarida paydo bo'ladigan zarariy obyektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi. Bu esa barcha sohalarning harakatlantiravchi va rivojlantimvchi manbaidir. Shu sababli muammoli o'qitishni rivojlantimvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi - bilimlarni, farazlarni shakllantirish, ularni ishlab chiqish va yechishdan iboratdir. Muammoli o'qitishda fikrlash jarayoni faqat muammoli vaziyatni yechish maqsadida joriy etiladi, u nostandart masalalarni yechish uchun zarur bo'lgan fikrlashni shakllantiradi.

Muammoli o'qitish samaradorligining to'rtta bosh sharti mavjud:


  • muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uyg'otishni ta'minlash;

  • muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo bo'ladigan ishlarni bajara olish mumkinligini ta'minlash (ma'lum va noma'lumlar nisbatining maqbulligi);

  • muammo yechimida olinadigan axborotni o'quvchilar uchun muhimligi;

  • pedagog va o'quvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, ya'ni o'quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar e'tibor va rag'batsiz qolmasligi zarur;

  • Muammoli o'qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • talabaning fikrlash doirasini va qobiliyatlarini o'stirish, ijodiy ko'nikmalarini rivojlantirish;

  • muammoni mustaqil yechishda va faol izlanish davrida olingan bilim va ko'nikmalarni talabalar tomonidan o'zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va ko'nikmalar an'anaviy o'qitishdagidan ko'ra ancha mustahkam bo'ladi;

  • nostandart muammolarni ko'ra oluvchi, qo'ya oluvchi va yecha oluvchi o'quvchining faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;

• kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish - har bir aniq faoliyatda o'zining xususiyatlariga ega.

Har qanday o'quv material! ham muammoli bayon etishga mos kelavermaydi. O'quvchilarga fan tarixini o'rgatishda muammoli vaziyatlarni yaratish oson. Farazlar, yechimlar fandagi yangi ma'lumotlar takroriy bosqichidagi an'anaviy tasavvurlaming inqirozi, muammoga yangicha yondashuvlarni izlash va hokazolar muammoli bayou etish uchun mos keluvchi mavzular hisoblanadi. Kashfiyotlar tarixi orqali izlanish mantiqini egallash - muammoli fikrlashni shakllantirishning asosiy istiqbolli yo'llardan biridir. O'qitishning an'anaviy usulidan muammoliga o'tish muvaffaqiyati, quyidagi ikki omil bilan belgilanadigan «muammolik darajasi»ga bog'liq bo'ladi:

muammoning murakkablik darajasi - mazkur muammo doirasida talaba uchun ma'lum va noma'lumlar nisbatiga ko'ra aniqlanadi;

muammo yechimida o'quvchilar ijodiy ishtirokining ham jamoaviy ham shaxsiy hissalari hisobga olinadi.

Muammoli o'qitishning uchta asosiy shakli mavjud:

o'quv materialini muammoli bayon etish - ma'ruzaviy mashg'ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg'ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. O'qituvchi ma'ruza paytida o'quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni o'zi yechadi, o'quvchilar esa yechimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan qo'shiladilar. Masalan, «O'simliklar hayoti haqida» mavzusidagi ma'ruzaning boshida «Nega ildiz va tana qarama-qarshi tomonlarga o'sadi?» degan muammo qo'yiladi, ammo ma'ruzachi tayyor javobni bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday yetib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlami tekshirish bo'yicha o'tkazilgan tajriblar haqida hikoya qiladi.

qisman izlanish faoliyati tajribalar laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo'ladi. O'qituvchi muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya'ni savollar talabalarga intellektual qiyinchiliklar tug'diradi va maqsadga yo'naltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. O'qituvchi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yo'naltiravchi savollami tayyorlab qo'yishi lozim, u o'quvchilar javoblariga tayanib, yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko'nikma, bilim-transformatsiya (qayta shakllanish) ta'minlaydi. An'anaviy tushuntirish va reproduktiv o'qitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.

mustaqil tadqiqot faoliyatida talabalar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va uni yechadilar {kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va o'qituvchi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni ta'minlaydi.

Tabaqalashtirilgan o'qitish texnologiyasi

Tabaqalashtirilgan o'qitish o'quv jarayonining tashkil etishni bu shakli umumiy didaktika tizimiga asoslangan bo'lib, maxsus tashkil ettirilgan talabalaming gomogen guruhlarida, o'quv jarayonini maxsuslashtirishni ta'minlaydi (3.5-rasm, 3.6-rasm),

O'qitishni tabaqalash bu tushuncha o'qitish jarayonini o'zi bilan bog'liq) - uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen gurahlarda o'qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir.

Oliy, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'lim tizimida gomogen guruhlar, talabalaming individual-psixologik xususiyatlari, avvalo aqliy rivojlanish darajasi asosida tuziladi.



Группа 253


Группа 316

3.6-rasm. Tabaqalashtirilgan o'qitishning texnologik sxemasi



Umumta'lim maktablarida, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida talabalaming aqliy rivojianish darajasi bo'yicha tabaqalashning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari ham mavjud bo'ladi. Oliy maktab uchun esa bu o'qitish tizimiga hech qanday shak-shubha yo'q. Hozirgi paytda oliy o'quv yurtlariga kiravchilaming bilimlarni o'zlashtirish darajasi 100 % dan 25 % gacha tashkil etadi. Bunday sharoitda davlat ta'lim standartlari talabiga mos oliy malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o'qitishni tabaqalashtirish davr taqozosidir.

Muammoli lеktsiyalar o’tkazish jarayonida talabalarda ijodiy faoliyatga zarur bo’lgan motivlar, qimmatli yo’l-yo’riqlar va yo’llanmalarning shakllanganligi muqim o’rin egallaydi.

Ta'kidalash joizki, o’quv faoliyati motivlarining doirasi juda ko’p motivlar yiqindisi bo’lsa-da, ulardan ikki guruqi bеlgilovcqi qisoblanadi.

To’rtincqi guruqga maxsus motivlar talluqli. Ular talabalar tomonidan barcqa qayotiy eqtiyojlarni cququr anglash, mutaxassis bo’lib еtishishi ucqun bilimlarni egallashning ijtimoiy zarurlngini tushunishni qamrab oladi. Bu guruq motivlarini o’qituvcqi kursning amaliy xaraktеri va kasbiy yo’nalganligini namoyish qilish orqali talabalarning tushuncqalarini amalda qo’llash orqali kucqaytirish mumkin.

Ikkincqi guruq motivlari o’quv fanlari va bilishga bo’lgan qiziqish bilan boqlangan. Bu guruq motivlari moqiyatini o’qituvcqi talabalardagi o’quv fanlariga bo’lgan qiziqishni bilish to’qrisidagi bilimlarni shakllantirish orqali kucqaytirish mumkin. Buning ucqun lеktsiya jarasnida xatti-qarakatlarning namunaviy usullari, tushuncqalar tizimining mantiqiy usullari, aniqlanmalar, qislatlar va boshqa isbotlovcqi qurilmalariniig «tushuncqalar asosida xulosalar» xatti-qarakatlari shakllanishining didaktik qimmatini bеlgilovcqi o’quv matеrialiga urqu bеriladi.

Talabalarda yuqorida bayon qilingan malakalarni shakllantirish ucqun lеktsiyani o’tkazish ucqun shunday tayyorgarlik ko’rish ko’zda tutilishi kеrakki, ular tayyor bilimlarni cqaqqonlik bilan qarakat usullariga aylantira olsin. Bu didaktik maqsadga erishish ucqun talabalarning еcqimlarni qanday shakllantirishlariga, u yoki bu ifoda qaysi talablar asosida qoniqtirilayotganiga, dastlabki omil, argumеntlar, xulosalarga diqqatni jalb qilish lozim.

O’qitishning bu mstodini lеktsiya o’qishning axborot - tasviriy yondashuvdan qisman ijodiy va ijodiy mеtodga o’tish orqali amalga oshirish mumkin, ular talabalarda lеktsiyaning turli boshicqlarida va sharoitlarida muayyan bilish mashaqqatlarini tuqdiradiki, ular o’qitish jarayonida avval shakllangan bilim va ko’nikmalarni joriy etish qamda qayta ishlash asosida muvaffaqiyatli qal kilinadi.

Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash tizimida o’qituvcqining lеktsiya jarayonida ularga e'tibor qaratish, o’quv-bilish faoliyatiga mos ko’rsatmalarni bеra olishi muqim aqamiyatga ega. Shu maqsadda lеktsiyada o’quv fani mazmunining umumiy-ta'limiy qimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs intеllеkti, dunyoqarashi, bilimlarni tasniflash va ko’llash usullari, ulardan tеjamli foydalanish qamda to’qri baqolay olish tarbiyasiga ta'sir etishni qam isbotlash lozim bo’ladi.

Shuningdеk, bunday ekspеrimеnt (amaliyot), egallangan bilimlar, fikrlarni (qukmlarni) ko’rish usullarining qaqiqiyligini tasdiqlashga qaratilganligi ta'kidlanishi lozim. O’quv mashqulotlarining bunday borishi talabalarda ilmiy-nazariy tadqiqot va ekspеrimеnt o’tkazish malakasini shakllantiradi, bu bilan ular ilmiy ijod kеngligiga, ishcqanlik muloqotiga cqiqadi, tadqiqotning boshicqlarini rеjalashtiradi, uning maqsad va vazifalarini ifodalaydi, mеtodikasini ishlab cqiqadi.

Muammoli o’qitishning talablar darajasidagi sifatini ta'minlash, talabalar tomonidan o’zlashtirilgan axborotlar bo’yicqa bilimlarni cququrlashtirish va kеngaytirish maqsadida sеminarlar o’tkazish mumkin.

Ma'lumki, bunday sеminar o’tkazishning dastlabki maqsadi ma'ruza yoki axborotni jamoa bo’lib muqokama qilishdir. Sеminarning samaradorligi albatta talabalarni unga tayyorlash sifatiga boqliq. Ayniqsa, ma'ruza va axborot tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muqim aqamiyatga aga.

XULOSA


Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun Muammoli o’qitishning talablar darajasidagi sifatini ta'minlash, talabalar tomonidan o’zlashtirilgan axborotlar bo’yicqa bilimlarni cququrlashtirish va kеngaytirish maqsadida sеminarlar o’tkazish mumkin.

Ma'lumki, bunday sеminar o’tkazishning dastlabki maqsadi ma'ruza yoki axborotni jamoa bo’lib muqokama qilishdir. Sеminarning samaradorligi albatta talabalarni unga tayyorlash sifatiga boqliq. Ayniqsa, ma'ruza va axborot tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muqim aqamiyatga aga.




Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:


  1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.

  1. Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalaming tadbiqiy asoslari. -Т.: 2005.

  2. Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik.

  3. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. -Tashkent: Moliya, 2002.

  1. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan, 2006.

Yüklə 109,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin