Mavzu: V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti.
Reja: MUNDARIJA KIRISH....................................................................................................................3 II. Bob. V.A.Motsartning hayoti va ijodi……………………………………….6 Volfgang Amadey Motsart ijodi…………………………………………..6
Volfgang Amadey Motsart musiqa yo’lining eng baland cho’qqisida …………….............................................................................................................9
II BOB V.A.Motsartning simfonik ijodiyoti......................................................21
Motsartning vokal-simfonik asarlari…………………………………..21
V.A.Motsartning opera ijodi……………………………………………..28
III Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………….37 IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………...….39
KIRISH O‘zbekistonda bundan buyon umumiy o‘rta ta’lim maktabini bitirayotgan barcha o‘quvchilar biror musiqa asbobini chalishni bilishi kerak va bu ularning shahodatnomasida qayd etiladi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 27 iyun kuni Namangan viloyati faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida gapirgan. Davlat rahbarining fikricha, ashula eshitib bajarilgan ishda 10 baravar baraka bo‘ladi.
Prezident Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga yuzlanib, shunday deydi:
“Madaniyat sohasida islohot bo‘yicha juda katta qaror qabul qildik. Shu qaror bo‘yicha Namangan tajribasini amalga oshirsak. O‘zligimizni anglash nuqtayi nazaridan madaniyatimizga ham urg‘u berib, Namangan tajribasi qilib, viloyat kengashi qarorini chiqarib, har bir tuman, har bir maktab kesimida qilsak, men o‘ylaymanki, to‘g‘ri bo‘ladi.
Attestat olishda, hammamiz o‘rganganmiz – fizika, matematika bo‘yicha baho bo‘ladi. Topshiriq berdimki, endi attestatda har bir maktabda 11-sinfni bitirgan bolalarimiz bitta cholg‘u asbobini o‘rgangan degan bahosi bo‘ladi”.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu topshirig‘i zalda o‘tirganlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, mazkur yangi tajribani qo‘llashning sabablariga to‘xtaladi:
“Bu nima uchun kerak? Iqtisodiyotni tiklaymiz, lekin shuning barobarida madaniyatimizni tiklab bormasak, ertaga ma’naviy ozuqa bo‘lmagan elda, xalqda, yoshda yutuq bo‘lmaydi”.
Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimini egallagan ilk kunlardan boshlab, mamlakatda madaniyat va san’at sohasini inqirozdan olib chiqish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Davlat rahbari 2017 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkorlari ziyolilari bilan uchrashib, ko‘plab sohadagi muammolarni muhokama qilgandi. Ammo o‘zgarishlar hali o‘z natijasini ko‘rsatganicha yo‘q. Davlat rahbari ushbu yig‘ilishda rejissyorlardan tortib, xonandalargacha qattiq tanqid qilgandi.