Lapar aytimlari qaysi kuy qo'shiqlar tarkibiga kiradi shu haqida ma’lumot bering



Yüklə 34 Kb.
səhifə1/9
tarix04.11.2022
ölçüsü34 Kb.
#67357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
LAPAR AYTIMLARI QAYSI KUY QO\'SHIQLAR QAYSI KUY QO\'SHIQLAR TARKIBIGA KIRADI SHU HAQIDA MA’LUMOT BERING


LAPAR AYTIMLARI QAYSI KUY QO'SHIQLAR QAYSI KUY QO'SHIQLAR TARKIBIGA KIRADI SHU HAQIDA MA’LUMOT BERING
Reja:

  1. O’zbek xalqmusiqasi janrlari

  2. Mehnat qo’shiqlari

  3. Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari.

O’zbek xalqining o’z ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramokda. U o’zining xalq ijodi (ya’ni, folьklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlari –dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlikhamdaqahramonona –lirikmazmundagiepikasarlar–dostonlarhammuhimo’rinegallaydi.O’zbekcholg’uasboblarihamdamusiqaamaliyotivaijrochiligiuslublaribilanbog’liqbo’lgancholg’umusiqajanrdarihamg’oyatrang-barangligivaboyligibilanxarakterlanadi.


O’zbek musiqa folьklori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
O’zbek qo’shiq-ashulalari va cholg’u musiqasi janrlari o’z funktsiyasi va turmushda tutgan o’rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi.
Birinchisi – ma’lum vaqt yoki ma’lum muddat sharoitidagina ijro etiladigan ashulalar va cholg’u kuylari. Bular: oilaviy marosim qo’shiqlari, mehnat qo’shiqlari. Allalar hamda har xil tantana, tomosha kabi ma- rosimlarda ijro etiladigan cholg’u kuylaridir.
Ikkinchisi –istalgan vaqtda va har qanday sharoitda ijro etiladigan ashula-qo’shiq va cholg’u kuylari. Ularga: lapar, yalla, ashula, qo’shiq. cholg’u kuylari, cho’lama va dostonchilik kuylari kiradi.
Har bir guruh o’ziga xos xarakterli belgilarga ega. Masalan: ijro etilishi ma’lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula-qo’shiq, janrlarining mavzui muayyan marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog’liq bo’lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Ba’zan uchrab turadigan bosh mavzudan chetlashishlar lirik o’ychanlik va umumlashtirilgan nasihatgo’yliklar doyrasida buladi.
Bulardan «yor-yor» qo’shiqlari xalq orasida qadimdan mavjud bo’lib, ularning namunalari Muzayyana Alaviyaning «O’zbek xalq marosimi qo’shiqlari» kitobida ham anchagina yoritilgan.
«Yor-yor»larning mavzu doyrasi juda keng bo’lib, unda goh hazil, goh quvnoq, goh yengil yumor, goh achchiq hajviy ohanglar uchraydi. Bu narsa turmushga chiqmagan qizning, o’tkazilayotgan to’yning va nihoyat uylanayotgan yigitning axlokiy xislatlari, jamiyatda tutgan mavkei, insoniy fazilatlari kabi ko’pgina jihatlari bilan shartlangan. Qolaversa, «yor-yor»larda qaysi ohangning ustunlik kilishi uning ijrochilari bilan kam bog’liqdir.Masalan, qizni kuyovnikiga olib kelishda «yor-yor» qo’shig’ining erkin bandlari kayvoni xotin yoki qizning qarindoshi tomonidan aytilsa, u holda kelinning yaxshi fazilatlari, xulq-atvoridagi go’zal jixatlari, uning kamoloti madx, etiladi.«Yor-yor» kelinning dugonalari tomonidan ijro etilsa, qo’shiqda qizning dard-alamlari, ota-onadan, tug’ilib o’sgan xonadonidan ayro tushishi, zo’rlik bilan turmushga uzatilishi, sevganiga yetolmaganligi haqidagi mungli ohanglar ustunlik qilishi mumkin.Xullaski, yor-yorda qanday ohang, qanday ohangning ustunlik qilishi asosida juda ko’p sabablar yotadi.
O’zbek «yor-yor»lari ijro uslubi va musiqiy tabiatiga ko’ra bir necha xillarga bo’linadi. Hozircha ularni Farg’ona, Zarafshon va Xorazm «yor-yor»lari kabi turlarga shartli ravishda bo’lish mumkin.
Keyinchalik jiddiy izlanish va kuzatishimiz tufayli mazkur turlarning miqdori yo ko’payishi, yo qisqarishi mumkinki, bu narsani kelajak ko’rsatadi. Umumiy tarzda aytganda, barcha turdagi «yor-yor»larning ohangi asosida muayyan metroritmik tartibga solgan tor diapazonli kuylar uyg’unligi yotadi. Ularning har biri o’zining kuy tuzilish tartibi, ohang xarakteri, ritmi, ijro uslubi, shevasi va emotsional ta’sirchanligi bilan farq kiladi.

Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin