Lapar aytimlari qaysi kuy qo'shiqlar tarkibiga kiradi shu haqida ma’lumot bering


Hunarmandchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari



Yüklə 34 Kb.
səhifə7/9
tarix04.11.2022
ölçüsü34 Kb.
#67357
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LAPAR AYTIMLARI QAYSI KUY QO\'SHIQLAR QAYSI KUY QO\'SHIQLAR TARKIBIGA KIRADI SHU HAQIDA MA’LUMOT BERING

3. Hunarmandchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari.
O’zbek xalq hunarmandchilik qo’shiqlari orasida urchuk, charx, o’rmak, kashta tikish, gilam to’qish, bo’z to’qish bilan bog’liq qo’shiqlar asosiy o’rin egallaydi. Bu qo’shiqlarda hunarmandlarning og’ir hayoti, mashaqqatli mehnati va ruhiy olami aks etgan.
Charx qo’shiqlari.Charx ibtidoiy ip yigirish quroli bo’lib, uning qo’shiqlarida feodalizm jamiyatidagi o’zbek ayolining og’ir hayoti butun murakkabligi bilan aks etgan.

Charxim palak,


Charx yigirsam.
Saylab kiyaman alak.
Charxim orcha.
Charx yigirsam,
Saylab kiyaman parcha.


Kashta qo’shiqlari.Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek xalqi o’tmishdan kashta tikish san’ati bilan mashhur.SHuning uchun ham o’zbeklar o’rtasida kashtaning bosma, jimalay, sanama, ilma kabi turlari yuzaga kelganki, ularning xar biri kashtachilardan alohida mehnat, mahorat talab etadi.
Kashtaning turiga harab xatto qizlarning qandayligiga ham baxo berishgan va kashta qo’shiqlarida bu narsa o’z ifodasini topgan.
Bosma tikkan botir qiz,
Jimalay tikkan chevar qiz,
Sanama tikkan sardor qiz,
Ilma tikkan ilgir qiz.


Ilma – kashtaning maxsus turi bo’lib, kashta qo’shiqlarida bu tur ko’p ta’riflanadi.
Ilma tikdim ilib-ilib,
Tomoshaylang yonima kelib.
Rahmat, deydi ko’rgan kishi.
Xar gulimi xayron kolib.


O’rmak qo’shiqlari.O’zbeklar orasida o’rmak urish, ya’ni gilam, sholcha to’qish keng tarqalgan bo’lib, ana shu mehnat jarayonida ijro etilgan maxsus qo’shiqlar o’rmak qo’shiqlari, deb yuritiladi. O’rmak to’qish ishlari og’ip mashaqqatli bo’lib, u kishidan katta sabot vag’ayrattalab etadi.

O’rmagimni to’qiyman,


Kecha-kunduz no’qiyman.
Qachon tamom buladi,
Deb ashula to’qiyman.



Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin