Lapar aytimlari qaysi kuy qo'shiqlar tarkibiga kiradi shu haqida ma’lumot bering



Yüklə 34 Kb.
səhifə5/9
tarix04.11.2022
ölçüsü34 Kb.
#67357
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LAPAR AYTIMLARI QAYSI KUY QO\'SHIQLAR QAYSI KUY QO\'SHIQLAR TARKIBIGA KIRADI SHU HAQIDA MA’LUMOT BERING

Yorg’inchoq qo’shiqlari.Yorg’inchoq qo’shiqlari aslida dehqonchilik qo’shiqlari sirasiga kirmaydi.CHunki ular bevosita dehqon mehnati bilan bog’lanmagan.Biroq Yorg’inchoq dehqonchilik mahsuloti bilan bog’langanligi uchun ham shartli ravishda bu qo’shiqlar dehqonchilik qo’shiqlari sirasiga kiritilgan.
Yorg’inchoq tortmas edim,
Och qolganimdan tortaman.
Sabzavon aytmas edim,
Kuyganlarimdan aytaman.

Yorg’inchog’im gumbur-gumbur etadi,


Nortuyalar quloq solib o’tadi.
Karvon bilan rizqu ro’zimiz olib,
Eson-omon og’ajonim kaytadi.


Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari.

Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbeklar qadim-qadimdan chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar.O’zbek xalqi hayotida dehqonchilik qanday o’rin tutgan bulsa, chorvachilik ham shu darajada o’rin egallagan. SHunga kura, bu mehnat turi jarayonida intiluvchi rang-barang qo’shiqlar yaratilgan. Xalq o’rtasida bu qo’shiqlar sog’iladigan xayvon turiga harab «Xo’sh-xo’sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi nomlar bilan yuritiladi.


«Xush-xush»lar yoki «Govmishim» - bu qo’shiqlar asosan sigir cog’ish paytida ijro etiladi. Qo’shiqning asosiy mazmuni sog’ilayotgan sigirni tinchlantirish, uni iydirish orqali ko’proq sut sog’ib olish hisoblanadi.

Xo’sh-xo’sh, jonivor, qo’ng’ir,


Suting oqadi shir-shir.
Olti xurma qo’limda,
Iyib sut bilan to’ldir, xo’sh-xo’sh.

Chorvador sigirni yomon ko’zlardan saqlash maksadida uning shoxlariga maxsus duolar yozilgan tumorni taqib kuyadi.CHunki qadimiy e’tikodlarga ko’ra yirik zotdor, ko’p sut beradigan sigirlar ko’zga yaqin bo’lib, tez ko’zikib qoladilar.


SHuning uchun ham «Xo’sh-xo’sh» qo’shiqlarida ko’ztumor matni deyarli ko’p qo’llanilgan:
Seni haydab boqaman,
Ko’ztumorlar taqaman.
Normurodim fe’li bo’sh,
Govmish molim, xo’sh-xo’sh.



Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin