136
«Ona sayyorani asrang» kantatasi, «ibn sino hayotidan
lavhalar»
simfonik poemasi, «shodiyona», «tabriknoma», «to‗yona»
uverturalari, jo‗rsiz xor uchun navoiy ruboiylariga «muhabbatnoma
turkumi», bobur ruboiyllariga «Dil sadosi» turkumi milliy ruhi va
ta‘sirchanligi bilan ajralib turadi. 1990-yillarda «muhabbatnoma»,
«baxshida» nomli baletlarni, quyidagi musiqali dramalarni yaratdi:
«yusuf va zulayxo», «fotima va zuhra», «nodirabegim», «Devona»,
«soyibxo‗ja operasi», «super qaynona», «checha», «super qaynona —
2», «na falakman, na malak», «muhabbat tuyg‗usi», «Oq kabutarlar»
musiqali komediyalari muqimiy nomidagi
musiqali teatrda sahna
yuzini ko‗rgan.f.alimov «mehrobdan chayon» filmiga, «samarqand
obidalari va muzeylari», «vatan bizniki», «san‘at maktabi» hujjatli
filmlariga musiqa bastalagan.shuningdek, «navro‗z», «sharq
taronalari», amir temur va ulug‗bek yubileylariga bag‗ishlangan
anjumanlarda o‗z asarlari bilan faol qatnashdi. uning asarlari
germaniya, ispaniya, misr, fransiya
mamlakatlarida ijro etilib, olqish
va hurmatga sazovor bo‗ldi.kompozitor bolalar uchun «sariq
jo‗jalarim», «Oyijonim allasi», «yoz fasli», «yashasin do‗stlik»,
«chaqqon bola», «Oppoq qayin», «ahillik — do‗stlik» kabi juda ko‗p
qo‗shiqlarga kuy bastaladi.
Dostları ilə paylaş: