O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Ta’lim sohasidagi ilmiy tashkilotlar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə59/106
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#165243
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish-fayllar.org

10.3. Ta’lim sohasidagi ilmiy tashkilotlar
1. Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovasion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish bo’yicha
2030 yilga qadar O’zbekiston Respublikasi ilm-fanini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi.
O’zbekiston Respublikasining “Innovasion faoliyat to’g’risida” Qonuni qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son qarori bilan Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilm-fanini rivojlantirishning yangi tizimi yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qarori bilan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 313-son qarori bilan respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklarini tashkil etish belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-son qarori bilan Kimyo va biologiya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari belgilandi.
Sun’iy intellektni rivojlantirish maqsadida vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi va soha mutaxassislari bilan hamkorlikda “2021–2022 yillarda O’zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.
Shu bilan birga, 2020 yilning 9 oyi davomida Vazirlik tomonidan jami 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlandi. Shundan, 11 tasi tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasining 1 ta Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5 ta qarori va 2 ta farmoyishi qabul qilindi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining 1 ta qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni, 3 ta qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori loyihalari tayyorlandi va o’rnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlarga kiritildi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin