O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə64/106
tarix20.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#165243
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish-fayllar.org

7. Ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklari bilan hamkorlik qarori imzolandi. Mazkur qarorga ko’ra “O’quvchilar va talabalar o’rtasida “Bilimdonlar” onlayn intellektual o’yinini tashkil etish to’g’risida” tanlov umumta’lim maktablari va OTMlar o’rtasida o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida vazirlik tomonidan “Bolalarni innovasion insho va videolar” tanlovi tashkil etildi. Tanlov 2 yo’nalishda o’tkazildi, unga 4-14 yoshgacha bo’lgan bolalar qatnashdilar va jami 41 ta ish kelib tushdi.
Mazkur tanlov g’oliblariga o’z g’oyalarini takomillashtirishi uchun Innovasiya vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining g’oyalar generatori platformasi a’zoligiga qabul qilindi hamda “JuniorCode” (bolalar uchun dasturlash) kursida bepul o’qish imkoniyati beriladi.
2020 yilning 1 fevralidan 20 martiga qadar Rossiya Skolkovo innovasiya markazining «YaKlass» dasturi Mirzo Ulug’bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktablarida pilot loyihasi sifatida ishga tushurildi. Ushbu dasturda jami 322 nafar o’qituvchi va o’quvchilar ishtirok etdi. «YaKlass» kompaniyasi loyihasi qiymati 5 474 AQSh dollarni tashkil etadi.
Ilmiy tashkilotlar uchun joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Wiley axborot resurslariga sinov muddatli ulanishni ta’minlash to’g’risida kelishuvlarga erishildi. “Clarivate Analytics” vakillari bilan vazirlikka Web of Science platformasiga kirishni ta’minlash bo’yicha dastlabki muzokaralar o’tkazildi. Springer Nature nashriyotininig to’liq matnli ilmiy manbalariga bog’lanish bo’yicha Toshkent shahridagi bir qancha tashkilotlar va Samarqand shahridagi OTMlar uchun seminar hamda vebinarlar o’tkazilib kelinmoqda.
“Aqlli maktab” dasturiy ta’minoti Farg’ona shahridagi tanlangan 10 ta maktabda muvaffaqiyatli joriy etildi. Hozirda ushbu yangilikni boshqa maktablarga joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin