O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Maktabgacha ta’lim fakulteti Ummtexnika fanlari va texnologialar kafedrasi
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi (prerekvizitlari):
Fizika, электротехника, уй-рўзғор электр асбоблар, axborot texnologiyasi, chizmachilik, radioelektronika
Fanning mazmuni
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
Fanni o‘qitishdan maqsad:Maqsadi – bu fan o’z oldiga har tomonlama barkamol rivojlangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta'lim tarbiya ishlarini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy xal eta oladigan milliy istiqlol g’oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur xis etuvchi umumta'lim maktablari va kasbhunar kollejlarida ta'lim beruvchi mutaxassis – bakalavrlarni tayyorlashni maqsad qilib qo’yadi.
Fanning vazifasi: Elektr energiyasidan xalq xo’jaligida foydalanish fanlaridagi bilimlarni maxsus va mutaxassislik fanlarni o’qitish jarayoniga tadbiq etadi;
Bu fandan olgan bilimlarni mehnat ta'limi yo’nalishidagi asbob-uskuna va stanoklarga tadbiq qilishni asosiy vazifaqilib qo’yadi.
Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 18.00 dan 20.00 gacha
“ELEKTR O’LCHASH ASBOBLARI VA ELEKTRIK O’LCHASHLAR”
fanining
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 14000 - Pedagogika fani
Ta’lim yo’nalishi: 5112100 - Mehnat ta’limi
Toshkent -2016
I.Kirish “Ta`lim to’g`risidagi” qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talaba yoshlarning bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish haqidagi talablar nazariy va amaliy bilim darajalarini zamon talablariga muvofiq puxta bo’lishini taqozo etadi. “Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlar” fani bo’lajak bakalavrlarni umumkasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni ta`lim sohasidagi asosiy qonunlarda ko’rsatilgan talablar asosida puxta egallashlari uchun xizmat qiladi.
1.1 Fanning maqsadi va vazifalari “Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlar” fani o’z oldiga har tomonlama rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal etadigan, milliy istiqlol g`oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etadigan, barkamol, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda unga zamonaviy ta`lim berish maqsadini qo’yadi. “Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlar” fani quyidagi vazifalarni hal etadi:
talabalarga elektr asboblarning ahamiyati, elektr asboblarining turlari: elektromexanik, mikrosxemali asboblar tuzilishi, ishlash printsipi, elektr asboblariga qo’yiladigan shartli grafik belgilar va texnik talablar haqida nazariy bilimlar berish;
talabalarda umumkasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
1.2 Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.
Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlarining ahamiyatini tushunishi hamda elektr asboblarining turlari, tuzilishi, ishlash printsipi va qo’llash usullari to’g`risida tasavvurlarga ega bo’lishi;
Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlarining ahamiyati, elektr asboblarining turlari: magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induktsion, tuzilishi, ishlash printsipi, elektr asboblariga qo’yiladigan shartli grafik belgilar va texnik talablar haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi;
Elektr o’lchash asboblari va elektrik o’lchashlarini turlarga ko’ra klassifikasiyalash: ishlash prisipiga ko’ra , tok kuchiga ko’ra, elektr energiya sarfiga ko’ra, sxemasiga ko’ra aniqlash kabi amaliy ko’nikmalarni va malakalarni egallashi lozim.