E lektr o‘lchash asboblari ishlash prinsipiga ko‘ra quyidagi tizimlarga bo‘linadi:
Tizimning nomi
SHkaladagi shartli belgilanish
Magnitoelektrik: qo‘zg‘aluvchan ramkali, teskari ta’sir ko‘rsatuvchi mexank momenti bo‘lgan asbob
Magnitoelektrik: teskari ta’sir ko‘rsatuvchi mexanik momenti bo‘lmagan, qo‘zg‘aluvchan ramkali asbob (logometr)
Elektromagnit tizimli
Elektrodinamik tizimli
Ferrodinamik tizimli
Induksion tizimli
Elektrostatik tizimli
Vibratsion tizimli
Issiqlik tizimli
Bimetall tizimli
To‘g‘rilagichli magnitoelektrik tizimli
Bevosita baholaydigan elektr o‘lchash asboblarining tasnifi O‘lchash asbobining shkalasida quyidagi shartli belgilar: tok turi, fazalar soni, asbobning aniqlik sinfi, izolyasiyasi tekshirib (sinab) ko‘rilgan kuchlanish, asbobning ish holati, asbob ijrosining eksplutatsiya sharoitiga bog‘liqligi, tashqi magnit maydondan himoyalanish darajasi ko‘rsatilgan bo‘ladi
Shartli belgilar
Shartli belgining ma’nosi
O‘zgarmas tok asbobi
O‘zgaruvchan tok asbobi
O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok asbobi
Uchfazali tok tizimidagi asbob
Asbobni vertikal holatda ishlating
Asbobni gorizontal holatda ishlating
Asbobning aniqlik sinfi
Asbobning o‘lchaydigan zanjiri uning korpusidan izolyasiyalangan va bu izolyasiya ushbu kuchlanish (2 kV) bilan tekshirilgan
Havfli! Asbobning o‘lchaydigan zanjirining izolyasiyasi talablarga javob bermaydi
Asbob tashqi magnit maydoni ta’siridan himoyalangan
Asbob tashqi elektr maydoni ta’siridan himoyalangan
Diqqat! Asbob yo‘riqnomasidagi ko‘rsatmalarga e’tibor ber.
2-Mavzu: Elektr o‘lchash asboblarining mexanizmlari. Magnitoelektrik va elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblari.
Reja: Elektr o‘lchash asboblarining mexanizmlari.
Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
Magnitoelektrik mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlari.
Elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
Elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining afzallik va kamchilik tomonlari.
Darsning maqsadi: Talabalarda elektr o‘lchash asboblarining mexanizmlari, magnitoelektrik va elektromagnit mexanizmli elektr o‘lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi haqidagi bilimlarni shakllantirish. Talabalarda mustaqil fikrlashni shakllantirish.
Elektr o‘lchash asboblarining mexanizmlari Elektr o‘lchash asbobining asosiy qismlari undagi o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidir. O‘lchash zanjiri (kuchlanish, quvvat, chastota va boshqalar) ni unga proporsional bo‘lgan va o‘lchash mexanizmiga ta’sir etuvchi kattalikka aylantirib beradi. Masalan, voltmetrning o‘lchash zanjiri o‘lchash mexanizmining cho‘lg‘amidan va qo‘shimcha qarshilikdan iborat. Bunday qarshilik zanjiri o‘zgarmasdir. Demak, o‘lchash mexanizmi orqali kuchlanishga proporsional bo‘lgan tok o‘tadi. O‘lchash mexanizmi (O‘M) o‘lchash asbobi konstruksiyasining bir qismi bo‘lib, elementlarning o‘zaro ta’siri natijasida ularning bir-biriga nisbatan harakatini vujudga keltiradi. O‘lchash mexanizmi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlardan iborat. O‘lchash mexanizmi chulg‘amidagi tokning qo‘zg‘almas qismining magnit (yoki elektr) maydoni bilan ta’sirlashishi natijasida mexanizmning qo‘zg‘aluvchi qismi suriladi. Aylantiruvchi moment Mayl o‘lchanayotgan midorlarga bir xilda bog‘liq.O‘lchanayotgan kattalikning qiymati qo‘zg‘aluvchi qismning surilishiga qarab aniqlanadi.
Aylantiruvchi moment teskari ko‘rsatuvchi moment Mtes bilan muvozanat bo‘lganda qo‘zg‘aluvchi qism strelka bilan birgalikda o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga mos keladigan aniq holatni egallaydi. O‘lchash asboblaridagi teskari ta’sir ko‘rsatuvchi moment ko‘pincha prujina yordamida hosil qilinadi.
Qo‘zg‘aluvchan qismning surilishi muvozanat holatda bo‘lishi momentlarning tengligi Mayl= Mtes bilan ifodalanadi.
Asosiy elektromexanik o‘lchash mexanizmlariga magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik va induksion mexanizmlar kiradi.