O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə179/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Sudan-Gvineya. Sudan-Gvineya tabiiy geografik o‘lkasi Sahroi Kabirdan
janubda keng polosa bo‘ylab joylashgan. U g‘arbda Atlantika okeanidan sharqda 
Efiopiya tog‘ligi etaklarigacha cho‘zilgan. O‘lkaning poydevori kembriydan oldin
vujudga kelgan kristall jinsli Afrika platformasidan tashkil topgan. 
Sudan-Gvineya o‘lkasi tabiatida shimoldan janubga qarab kelishda ichki
tafovutlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu tafavutlar ayniqsa iqlim sharoitida, tuproq-
o‘simlik qoplamida va landshaft komplekslarida juda aniq ifodalangan. Zonal-
regional tafavutlar mezoniga asoslanib bu o‘lkani ikkita oblastga Sudan va 
Gvineya tabiiy geografik oblastlariga bo‘lish mumkin. Mavjud bo‘lgan ichki
farqlarni oblastlarning tabiiy geografik tavsilotidan bilib olasiz. 


Sudan. Sudan tabiiy geografik oblasti SHimoliy Afrika subkontinentining
tropik cho‘llari va fasliy nam subekvatorial o‘rmonlari oralig‘ida joylashgan. 
Oblast hududi shimoldan janubga qarab 1000 km masofaga va g‘arbdan sharqqa
qarab 5500 km masofaga cho‘zilgan. Maydoni 5 mln km
2
ga teng. Uning shimoliy 

va janubiy chegaralari uncha aniq ifodalanmagan. Zonal landshaftlari utkinchi


polosa hosil qilib bir-biri bilan almashinadi. Tabiiy geografik oblastning janubiy 

chegarasi Gvineya balandligi va Kamerun tog‘ining shimoliy yon bag‘rlaridan, nil


daryosining chap irmog‘idan va Kongo daryosining o‘ng irmoqlaridan o‘tadi. 
Sudan oblasti tabiiy geografik farqlari jihatdan uch qismga bo‘linadi G‘arbiy,
Markaziy va SHarqiy. 
Sudan tabiiy geografik oblastining relefi oddiy tuzilgan bo‘lib Past
Afrikaning qushni o‘lkalari relefidan keskin farq qilmaydi. Er yuzasi tuzilishining 
asosiy xususiyati shundan iboratki, qadimiy sineklizalarda shakllangan keng yassi
botiqlar bir-biridan kristall jinslardan tarkib topgan tog‘ massivlari orqali ajralib 
turadi. Botiqlar bo‘r, paleogen, neogen va to‘rtlamchi davrlarga mansub bo‘lgan
katta qalinlikdagi cho‘kindi yotqiziqlar bilan qoplangan. G‘arbdan sharqqa qarab 
ketma-ket joylashgan Niger, CHad, Ok, Nil botiqlarining er yuzasi okean sathidan
200-400 m gacha ko‘tarilgan. Ular balandligi 1500-2000 m ga etadigan tog‘lar va 
platolar bilan bir-biridan ajralib turadi. Sudanning garbiy chekkasida, Atlantika
okeaniga yaqin joyda allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan Senegembiya 
pasttekisligi joylaщgan. Bu pasttekislik Senegal va Gambiya daryo havzalarining
katta qismini egallab olgan va janubi-sharqda SHimoliy Gvineya balandligi bilan 
chegaralangan. Balandlikdan shimol tomonda G‘arbiy Sudan platosi joylashgan.
Plato hududida platformaning kristall jinsli poydevori qalin qatlamli qumtoshlar 
tagida kumilib qolgan. Daryo vodiylari platoni bir necha tepaliklarga bo‘lib
yuborgan. 
G‘arbiy Sudan platasidan sharq tomonda Niger daryosi kesib o‘tgan Niger
botig‘i joylashgan. Toshqin paytida botiqning katta qismini suv bosadi. Ayrim 
joylarda esa bir necha tepaliklar keng akvatoriyadan orollar shaklida ko‘tarilib



turadi. Niger botig‘ining shimoliy qismida qumoq jinslar ko‘p, siyrak o‘simliklar


bilan qoplangan dyunalar uchraydi. Niger botig‘ining sharqiy qismida maksimal 
balandligi 1735 m bo‘lgan, kristall jinslardan tarkib topgan Bauchi (Jos) platosi
qad ko‘tarib turibdi. SHarq tomonda Bauchi platosi tik yon bag‘r hosil qilib CHad 
ko‘li botig‘i bilan tutashadi. Botiqning eng past qismi Bodele chukmasi bo‘lib,
uning yuzasi okean sathidan atigi 200 m baland, joylashgan. Plyuvial iqlim davrida 
bu chukma o‘rnida yirik ko‘l bo‘lgan. CHad ko‘li botig‘i sharqda Darfur platosi
(eng baland nuqtasi Marra tog‘i. 3088 m) va janubda Adamava toshari bilan 
o‘ralgan.
Sudan tabiiy geografik oblastining sharqiy qismida Ok Nil botig‘i 
joylashgan. U sharqda Efiopiya tog‘ligi bilan va janubda. SHarqiy Afrika yassi
tog‘ligi bilan chegaralangan. CHad va Ok Nil botiqlarining bir-biridan balandligi 
500-700 m keladigan kristall jinsli plato ajratib turadi. Oq Nilning yuzasi yassi
tekislik bo‘lib daryo vodiylari chuqur ishlamagan. Pastqam joylarda daryo 
qayirlarida botqoqliklar keng tarqalgan. Daryo toshqini paytida katta-katta tekis
maydonlarni suv bosib ketadi. 
Sudanning iqlimi subekvatorial, musson harakterga ega. Qishda shimoli-
sharqiy passat shamollari (xarmattan) esadi. Kontinental tropik havo 
hukmronlik qiladi. Eng salqin oyning o‘rtacha harorati 20°, 26°S ni tashkil
etadi. YOzda janubi-g‘arbiy musson shamollari
:
hukmronlik qiladi. Nam 

ekvatorial havo massasi o‘zi bilan katta miqdorda namgarchilik olib keladi.


Harorat 30°, 35°S atrofida bo‘ladi. Maksimal harorat 40°S dan oshadi. Jazirama 
issiq quruq fasl bilan nam faslning almashinish davriga tug‘ri keladi. SHu paytda
kuchli chang buronlari (xabub) va momokaldiroklar bo‘lib o‘tadi. YOg‘ingarchilik 
fasli shimolda 2 oydan janubda 10 oygacha davom etadi. YOg‘in miqdori ham
shimolda 300 mm dan janubda 1500-2000 mm gacha kupayadi. Sudanning. 
janubiy qismida yog‘ingarchilik miqdori g‘arbda 2000 mm dan sharqda 1000 mm
gacha kamayadi. 
G‘arbiy va SHarqiy Sudan hududlaridan yirik daryolar oqib o‘tib. Atlantika
okeani havzasiga qo‘yiladi. G‘arbiy Sudaning acociy suv tarmokqarini Niger, 
Senegal va Gambiya daryolari tashkil etadi. SHarqiy Sudanning eng yirik daryosi
Ok Nil va uning sekin oquvchi irmoqlari hisoblanadi. Daryo vodiylari bo‘ylab 
kuchli botqoqlangan erlar uzoq masofaga cho‘zilgan. Markaziy Sudan SHarqiy va
G‘arbiy Sudandan farq qilib, ichki berk havza hisoblanadi. Bu regeon atrofidagi 
platodar va tog‘lardan boshlanuvchi SHari, Komadugu-Yobe, Ngadda, Mbuli
daryolari CHad ko‘liga quyiladi. CHad ko‘lining qirg‘oqlari past, yassi tekis,
botqoqlangan. YOmg‘ir faslida ko‘lning akatsiyasi kengayadi va maydoni ikki
xissaga ortadi.
Sahroi Kabir cho‘l landshaftlaridan Sudan savannalariga utishda dag‘al
boshoqli o‘tlardan, butalardan, akatsiyalardan va dum palmalaridan tarkib 
topgan siyrak o‘simliklar polosasi chala cho‘llar va quruq savannalar o‘tkinchi
zona vazifasini bajaradi. Bu polisa ko‘pincha saxel zonasi deb ham ataladi. Saxel 
zonasida qizil-qo‘ng‘ir va qora tuprorqlar yaxshi rivojlangan. Biroq bu zonada
cho‘llanish jarayoni tez
sur’atlar bilan katta-katta maydonlarni qamrab

olmoqda. Tropik cho‘llarning savannalarga bostirib kelishi ko‘p yillardan beri





davom-etib kelmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Sahroi Kabir cho‘llari


janubga qarab yiliga 1 km atrofida kengayib bormoqda. Bunga sabab tabiiy va 
antropogen omillarning hamkorlikdagi salbiy ta’siridir.
Saxel zonasidan janubga borgan sari o‘t o‘simliklari qalinlashib, boabablar,
soyabonsimon akatsiyalar, dum palmalari va boshqa daraxtlarning soni
orta boradi. Bu tipik savannalardir. Sudanning
janubiy qismi sudan zonasi deb 

atalib, bu erda qizil tuproqlarni qoplab olgan baland bo‘yli boshoqli o‘tlar,


o‘rmonli savannalar Keng tarqalgan. Doimiy yashil va bargni tukuvchi o‘rmonlar 
daryo vodiylarida ko‘pchilikni tashkil etadi. Vodiy o‘rmonlarida palmalar, kola,
kdrite, va seyba daraxtlari o‘sadi. Daraxtlarning ko‘plab kesilishi sudan
zonasida o‘rmonlar maydonini keskin qamayishiga olib keldi.
CHad ko‘li qirg‘oqlaridagi va Oq Nil botig‘idagi botqoqlilarida 
qamishzorlar, qiyoqzorlar va papiruszorlar katta-katta maydonlarni egallab
olgan. Botqoqlangan erlarda hayvonot dunyo yaxshi saqlangan. CHad ko‘li 
atrofida fillar, karkidonlar, arslonlar va boshqa hayvon turlari yashaydi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin