Afrikaning eng seryog‘in joyi hisoblanadi. Qolgan joylarda yillik yog‘in
miqdori 2000
mm dan 3000
mm gacha o‘zgaradi. Janubi-g‘arbiy musson
shamollarining yo‘nalishidan panada qolgan rayonlarda yog‘in miqdori 1000
mm
ga ham etmaydi. SHunday joylardan biri Gvineya qultig‘ining shimoliy sohilida
joylashgan Akkra shahri va uning atrofida yiliga 600-700
mm yomg‘ir
yog‘adi. Kamerun tog‘ massivining Fako cho‘qqisida ayrim paytlarda qor ham
yog‘adi.
Gvineya sohillari qadimgi tropik o‘rmonlarga boy bo‘lgan.
Keyinchalik ularning maydoni inson xo‘jalik faoliyati tufayli keskin qisqargan.
Kesilib ketgan o‘rmonlar o‘rniga yog‘
beradigan palma, shoklad daraxti va
shakar qamish plantatsiyalari barpo etilgan. Bu erning o‘rmonlari uchun seyba
daraxti yoki tola beradigan paxta daraxti, orxideylar, paporotniklar
(qirqquloqlar) harakterlidir. Gvineya tropik o‘rmonlarida Amerikada o‘sadigan
va kaktuslar oilasiga mansub bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi
ripsalis kaktusi
uchraydi. Bulardan tashkari o‘rmonlarda kigeliya yoki kolbasa daraxti, liberiya
kofe daraxti o‘sadi. Daraxtlar kesilib ketgan joylarda savannalar ham vujudga
kelgan. Gvineyaning suv bosadigan sohillarida
va daryo deltalarida mangra
o‘rmonlari keng polosa bo‘ylab tarqalgan.
Gvineya tabiiy geografik oblastida qazilma boyliklarning bir necha turlari
uchraydi. Oltin, sochilma olmos konlari, qalay rudalari va boksitlarning
mavjudligi qadimiy kristall jinslarning er yuzasiga chiqib qolishi bilan bog‘liqdir.
Okean sohilida va ichki suv havzalari atrofida
aholi baliqchilik bilan
shug‘ullanadi.
Dostları ilə paylaş: