O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə185/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Kalaxari botig‘i. Kalaxari botig‘i Janubiy Afrika o‘lkasining markaziy
qismida joylashgan bo‘lib, tevarak-atrofi zinapoyasimon, ko‘tarilgan platolar va 
Katta Pog‘ona tizmasi bilan o‘ralgan. Uning uzunligi shimoldan janubga qarab
2000 km masofaga va kengligi tarbdan sharqda 1200 km masofaga cho‘zilgan. Er 
yuzasi okean sathidan 900-1000 m baland. Maydoni 630 ming km
2
. Botiq Afrika 

platformasnning Kalaxari sineklizasi asosida vujudga kelgan. Er yuzasining


tuzilishida qum massivlari, kichik-kichik shur chukmalar, quruq daryo uzanlari, 
etakchi rol o‘ynaydi.
Kalaxari botig‘ining iqlimi shimoldan janubga o‘zgarib boradi. Zambezi 
daryosidan shimol qismida subekvatorial iqlim va undan janubda tropik iqlim
hukmronlik qiladi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori shimolda va shimoli-sharqda 
1000-1500 mm dan janubda va janubi g‘arbda 100-150 mm gacha kamayadi.
YOzda o‘rtacha harorat 25°, 30°S ni va qishda, 12
0
, 18°S ni tashkil etadi. Tropik 

chizig‘idan janubda ba’zan sovuq bo‘lab, er yuzasi muzlaydi.


Kalaxari botig‘ida daryolar juda kam. Uning shimoliy qismidan Zambezi 
daryosi oqib o‘tib Hind okeaniga va janubiy qismidan Oranjevaya daryosi oqib
o‘tib Atlantika okeaniga quyiladi. Okavango daryosi berk ichki havza hisoblangan 
Okavango boqoqligiga quyiladi. Botiqda shur suvli sayoz ko‘llar va botqoqliklar
keng tarqalgan. 
Iqlimning kenglik bo‘ylab o‘zgarishi bilan bog‘liq holda shimol va shimoli-
sharqdagi savanna o‘rmonlari janubda va janubi-g‘arbda cho‘l landshaftlari bilan 
almashinadi. SHimolda daryo vodiylari bilan kesilgan tekisliklarda savanna
o‘rmonlari keng tarqalgan. Tuprok qoplami jigarang-qizil va qizil-qo‘ng‘ir 
tuproqlardan tarkib topgan. Zambezi va Okavango daryo vodiylarida tipik



savannalar mavjud bo‘lib u er-bu erda akatsiyalar, baobablar, sutdosh


o‘simliklar uchraydi. Janubroqda Bakalaxari ko‘tarilmasida tipik savannalar 
cho‘llangan savannalar bilan almashinadi. Bu erda chimli boshoqli o‘tlar, yovvoyi
tarvuz, yovvoyi zaytun va akatsiyalar o‘sadi. Kalaxari botig‘ining janubida va 
janubi-g‘arbida cho‘l landshaflari hukmronlik qiladi. CHo‘llarda balandligi 100 m
gacha etadigan, sukkulent butalar va butachalar bilan mustahkamlangan qum 
tepaliklari uchraydi.
Kalaxari botig‘ida tabiatni, ayniqsa uning o‘simlik va hayvonot olamini 
muxofaza qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Tabiatni muxofaza qilish va uni kelajak
avlod uchun asrab-avaylash maqsadida Markaziy Kalaxari, CHobe, Mangadingadi-
Pans qo‘riqxonalari, Gemsbok, Kalaxari, Xemsbok, Uanki, CHobe, Kafue milliy
bog‘lari tashkil etilgan. Xo‘jaligida chorvachilik rivojlangan, ayrim joylarda 
sug‘orib dehqonchilik qilinadi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin