Mo’tadil mintaqa. Materikning 60° sh.k bilan 40°sh.k. oralig‘idagi
katta
maydoni va eng kengaygan kismi mo’tadil iqlim mintaqasida joylashgan. Uning
shimoliy chegarasi arktik frontning qishki xolatiga va janubiy chegarasi qutbiy
frontning yozgi xolatiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy xavo massalari arktika va tropik
xavo massalarining mintaqa ustida transformatsiyalanishi natijasida vujudga
keladi.
Mo‘’tadil mintaqa yil fasllari yaqqol ifodalangan. Kishi sovuqligi va
subarktika iqlim mintaqasiga nisbatan iliqligi hamda uzok, davom etishi bilan farq
q iladi. Yanvarning o‘rtacha harorati mintaqaning shimolida -30°, -25°S dan
janubda to -5°S, 0°S gacha o‘zgaradi.Shu yunalishda iyulning o‘rtacha harorati
ham 10-15°S dan 20-22°Sgacha ko‘tariladi. Kishda qor va yozda yomg‘ir ko‘p
yog‘adi. Mintaqaning g‘arbiy va sharqiy chekka qismlari uchun dengiz iqlimi,
markaziy qismi uchun kontinental iqlim harakterli.
Mintaqaning Tinch okean iqlim oblastiga Kordileraning g‘arbiy yon bag‘ri va
dengiz soxillari karaydi. Kishi iliq va nam. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda
-5°S, janubda 0°S atrofida. Iyulning o‘rtacha harorati 10°S gacha ko‘tariladi. Iilliq
yog‘ingarchilik miqdori Alyaska tizmasining yon bag‘rida 2000 mm dan Kaskad
tog‘lari yon bag‘rida 4000 mm gacha yetadi.
Atlantika iqlim oblastiga Labradorning janubi-sharqi, Avliyo Lavryntiya
ko‘ltig‘i soxillari, Yangi Shotlandiya yarim oroli va Appalachi tog‘larining
shimoliy qismi qaraydi. Yanvarning o‘rtacha harorati Kvebekda -12°S ni,
Bostonda -2°S ni tashkil etadi. Yozi bir oz salqin, iyulning o‘rtacha harorati
Bostonda 22°S gacha boradi. Yog‘ingarchilik fasllar buyicha deyarli bir xil
taqsimlangan, birok, yomg‘ir yozda ko‘proq yog‘adi. Iillik yog‘in mikdori 1000
mm dan oshadi.
Kontinental iqlim oblasti mintaqaning katta maydonini egallab olgan.
Uning tarkibiga Kanada tekisliklari, Ichki tekisliklarning o‘rta va shimoliy qismlari
kiradi. Yil davomida kontinental xavo massalari xukmronlik qiladi. Kishda
antitsiklon rejimi tufayli harorat past bo‘ladi va -20°S dan -1°S gacha o‘zgarib
turadi. Yezda harorat 15°S dan 26°S gacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik miqdori
250 mm dan 700-1000 mm gacha o‘zgaradi. Yog‘ingarchilik shimoldan janubga va
g‘arbdan sharqqa qarab
ko‘payib boradi.