O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə201/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Aralash urmonlar zonasi sharqiy atlantika sektorida tayga bilan keng
bargli o‘rmonlar o‘rtasidagi oraliq zonadir. SHuning uchun xam bu erdagi 
o‘rmonlar bir necha tur bargli va bir necha xil igna bargli daraxtlardan tashkil
topgan. Zona sharkda Atlantika okean soxillaridan, g‘arbda Red-River daryosi 
vodiysigacha davom etib, Buyuk ko‘llar rayonini, Avliyo Lavrentiy daryo
vodiysini va SHimoliy Appalachini o‘z ichiga oladi. 
Iqlimi mo‘‘tadil nam dengiz iqlim xarakteriga ega. Yillik radiatsiya balansi 30
kkal/sm

2
atrofida. YOg‘in miqdori 600-700 mm dan oshadi. Namlik parlanish 


mikdoriga nisbatan ko‘p. Zonada eman, buk, yongok, togterak, juka, shumtol, ok
va qizil qaragay, sariq qayin, shakar zarang, amerika qayragochi va boshqalar 
o‘sadi. Bularning ko‘pchiligi Yevropadagi va Osiyodagi daraxt turlariga o‘xshaydi.
Aralash o‘rmonlar ostida o‘rmon chimli podzol va o‘rmon qo‘ng‘ir 
tuproqlari tarqalgan. Ular tayganing podzol tuproqlariga qaraganda chirindiga
boyroq. Tuproqlarning unumdorligi uchun katta maydondagi o‘rmonlar kesib 
yuborilgan va ularning o‘rniga boshqa madaniy daraxtlar ekilgan va
agrolandshaftlar barpo etilgan. Appalachi toglarida uncha katta bo‘lmagan o‘rmon 
massivlari saqlanib qolgan. Xozirgi vaqtda aralash o‘rmonlar Appalachining
shimolida balandlik mintaqa tariqasida mavjud bo‘lib, ular zarang, juka, buk, 
Kayin, el, xemlok, balzam pixtasi, tog‘ veymut qarag‘ayidan tarkib topgan.
Keng bargli o‘rmonlar zonasi materikning sharqiy atlantika sektori
qismida, aralash o‘rmonlardan janubda joylashgan. Bu zona atlantikabo‘yi 
tekisliklarini, Buyuk ko‘llardan janubdagi erlarni va Markaziy tekisliklarning
sharqiy, Missisipi daryosining chap qirg‘og‘idagi qismini o‘z ichiga oladi. 
Zonada yillik radiatsiya balansi 40-50 kkal/sm
2
dan oshadi. Yillik yog‘in-


sochin miqdori 1000-1500 mm gacha ko‘payadi. Parlanish yog‘in miqdoriga yakin.


Quruqlik radiatsiya indeksi qariyb birga teng. 
Keng bargli o‘rmonlar (Appalachi urmonlari) daraxt turlariga va ularning qadimgi
relikt shakllariga nixoyatda boy. Zonada emanlarning nlab turlari, buklar, jukalar, 
zaranglar, bargini tukuvchi magnoliya, lola laraxti, likvidambar, chinorlar o‘sadi.
Ilgari Appalachi keng bargli o‘rmonlirida kashtanlar (shabalutlar) keng tarqalgan 
bo‘lib, ularning kuyi qismi kashtan o‘rmon zonasi deb atalgan. Xozir kashtanlar
juda xam kam qolgan va ular tashkil etilgan qo‘riqxonada saqlanadi. o‘rmonlarning 
pastki yarusida olma, olcha va noklar ko‘plab uchraydi. Keng bargli o‘rmonlar
tagida o‘rmon qung‘ir tuproqlari yaxshi rivojlangan. Ularning tarkibida 3-7% 
chirindi bor.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin