harakterli. Yirtkich xayvonlardan kungar ayik, bo‘ri, kanada silovsini, rosomaxa va
boshqalar yashaydi.
Sonor kichik oblasti 43° sh.k. dan janubda Neotropik zoogeografik oblasti
chegarasigacha bo‘lgan xududni egallaydi. Bu kichik oblastning faunasi juda
xilma-xil va neotropik turlar bilan boyigan. AKShning sharqdagi keng bargli
o‘rmonlarda tayga faunasi turlaridan tashqari Virginiya bug‘usi, badbuy (skuns),
ko‘l rang tulki,
qizil silovsin, kul rang olmaxon, krot, olaxurjun, o‘rmon suguri
kabi o‘ziga xos xiyvonlar tarqalgan. Subtropik o‘rmonlarda issiqlikni sezuvchi
opossum, missisipi allegatori, allegator toshbaka, ibislar,
kizil goz, sokakushlar,
karolina to‘tisi yashaydi.
Ichki tekisliklarning dasht va urmon-dasht zonalarida ayri shoxli antilopalar,
bizonlar, mazam bug‘ulari uchraydi. Ular juda ham kamayib ketganligi munosabati
bilan xozirgi vaqtda
faqat quriqxonalarda yashaydi. Bu regionda yirtkichlardan
preriya bo‘risi (koyot), preriya tulkisi; kemiruvchilardan yumronkoziklar,
paxta
kalamushlari, utlok itchalari kup tarkalgan.
Kordilera toglari xilma-xil xayvon turlariga juda boy. Tog‘ urmon
landshaftlarida yug‘on shoxli kuy, qor echkisi, grizli ayigi, Meksika yenoti, buri,
silovsin, puma; cho‘l va dasht landshaftli yassi tog‘liklarda kaltakesaklar, zaharli
va bug‘ma ilonlar uchraydi. qushlardan kaliforniya kumayi (grif), kaliforniya
kakligi, kolibrilar yashaydi.
Materikning Meotropik zoogeografik oblastiga
Meksikaning fakat janubiy
kismigina kirib, Markaziy Amerika kichik oblastini tashkil etadi. Meksika
togligining janubida ko‘plab tropik xayvonlari yashaydi. Ayniksa tapir, bronenos,
puma, yaguar, otselot, chumolixurlar, keng burunli maymunlar, timsoxdar,
kolibrilar va to‘tikushlar ko‘plab uchraydi.
Dostları ilə paylaş: