O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə196/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tuprog‘i 
Shimoliy Amerikaning xozirgi tuproq qoplami tabiatning uzok, geologik va 
murakkab taraqqnyotining hosilasidir. Tuproq tiplarining shakllanish jarayoni va
geografik tarkalishi har bir joyning iqlim sharoiti va o‘simlik koplami bilan uzviy 
bog‘lik. Materikda 50° sh.k. dan shimolda tuproq tiplarining almashinuvi konuniy
ravishda kenglik zonallik bo‘ylab amalga oshadi va ular kuyidagicha zonallik 
tiplarini hosil qiladi.
Tundra tuproqlari materikning shimoliy qismida, Kanada Arktika 
arxipelagida va Grenlandiyaning janubiy qirg‘oqlarida keng tarkalgan. Bu
tuproqlar dasht, chul va subtropik zonalarning tuproqlariga nisbatan genetik 
jixatdan yosh bo‘lib, kuchli botqoqlangan, genetik gorizontlari kuchsiz
tabakalangan, mikrobiologik jarayonlar sust, issiqlik yetishmaydigan, chirindi 
miqdori kam, skeletli poligonal tuproqlardir. Tundra zonasida eng ko‘p tarqalgan
tuproq turi tundra-gleyli tuproqdir. Uning torf gorizonti juda yupqa va tuproq 
reaksiyasi neytralga yaqin. Arktika tundrasida oddiy poligonal tuproqlar keng



tarqalgan. Tundra zonasining katta qismi ko‘p yillik muzloq yerlar bilan band


bo‘lganligi sababli tuproq hosil bo‘lish jarayonlari juda sekin davom etadi. 
Tundradan janubroqda igna bargli o‘rmonlar ostida vujudga kelgan zonal
tayga podzol tuproqlari keng polosa bo‘ylab g‘arbda Kordilera tog‘ tizimi 
etaklaridan sharqda Atlantika okeani qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan. Podzol tuprok
tipi geliyli-podzol, tipik podzol va chimli-podzol tipchalardan iborat. Shimoliy 
taygada gleyli-podzol tuproqlar xukmronlik qiladi. Bu yerda botqoqlangan yerlar
ham ko‘p uchraydi. Janubga kelgan sari tipik podzol tuproqlar ko‘pchilikni tashkil 
etadi. Podzol tuproqlar yoshi jixatdan tundra tuprog‘iga nisbatan qadimiyroq
bo‘lib, ularda tuproq hosil qiluvchi jarayonlar ancha faol davom etadi. Tuproq 
kesmalarida genetik qatlamlar anik ajralib turadi. Podzol tuproq qatlami qalin
bo‘lshiga qaramay, uning tarkibida chirindi va boshqa organik moddalar kam 
uchraydi. Lavrentiy yassi tog‘ligining markazida va Yukon yassi tog‘ligining
soyliklarida muzlagan tayga tuproqlari va torf-gleyli tuproqlar mavjud bo‘lib, ular 
ko‘p yillik muzloq yerlar ta’sirida hosil bo‘lgan. Bu xildagi tuproqlar podzol
tuproqlarga nisbatan bir muncha zaif rivojlangan. 
Shimoliy Amerikaning o‘rta polosasiga kelib tuproq tiplarining kenglik
zonallik bo‘yicha tarqalishi o‘zining kiyofasini o‘zgartiradi. 50" sh.k. dan janubda 
orografik omil ta’sirida tuproqlarning kenglik zonalligi yo‘koladi va uning o‘rnini
meridional zonallik yoki provinsiallik egallaydi. Ichki kontinental tekisliklarda 
tuprok, zonalari meridional ravishda yunalgan bo‘lib, ular sharqdan Fapbga qarab
birin-ketin almashinib boradi. Buyuk ko‘llar atrofida va Appalachi tog‘larining 
shimoliy qismida sernam iqlim sharoitida shakllangan unumdor podzollashgan
qo‘ng‘ir va ko‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari keng tarqalgan. Markaziy tekisliklarni 
qoramtir rangli (koratuproksimon) preriya tuproqlari egallagan. Buyuk
tekisliklarning shimoliy va sharqiy qismlarini qora tuproqlar, g‘arbiy qismini 
kashtan tuproqlar tashkil etadi. Kolumbiya platosining tuproq qoplami ham asosan
kashtan tuproqlaridan tashkil topgan. Kuruq va kontinental iqlimli Katta Xavzada 
chala chul zonasiga xos bo‘lgan qo‘ng‘ir tuproqlar va sho‘r ko‘llar atrofida,
pastqam yerlarda sho‘r hamda sho‘rtob tuproqlar keng tarqalgan. 
Shu polosaning sharqiy qismi, Atlantika bo‘yi tekisliklarida tuproq qoplami
shimoldan janub tomon kenglik bo‘ylab o‘zgarib, tayganing podzol va chimli-
podzol tuproqlari qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari bilan almashinadi.
Subtropik mintaqa xududida ham tuproqlarnint zonal tiplarini almashinishi 
sharqdan g‘arbga karab amalga oshadi. Materikning januby-sharkiy qismidagi nam
subtropiklarda unumdor qizil va sariq tuproqlar keng tarqalgan. Bu tuproqlar 
mo‘’tadil kengliklar tuproqlariga Karaganda qadimiyroq hisoblanadi. Kizil va sariq
tuproqlarnint qatlami qalin, tarkibida temir va alyuminiy oksidlari ko‘p. Tuproq 
tarkibida temir aralashmasining ko‘p bo‘lishi, rangini kizil bo‘lishiga sabab
bo‘lgan. 
Missisipi daryosidan g‘arbga borgan sari nam subtropiklarga xos bo‘lgan
kizil va sarik tuproqlar ketma-ket qizgish-qora preriya tuprog‘i bilan butazorli 
dashtlarda kung‘ir va buz-ko‘ng‘ir tuproqlar bilan almashinadi. Meksika
togligining ichki kuruk va kontinental iqlimli qismida cho‘l subtropik tuproqlari, 


bo‘z tuproqlar keng tarqalgan. Kuruq iqlim xukmron bo‘lgan Kaliforniya yarim


orolida tropik cho‘l tuproklari shakllangan. 
Markaziy Amerikaning sharqiy qismidagi pasttekisliklarda, Yukotan yarim
orolida sernam tropik iqlim sharitida vujudga kelgan qizil-sariq ferralit, 
savannalarda qizil ferralit, dengiz soxdshlarida mantra botqoq tuproqlar ko‘p
tarqalgan. Daryo vodiylarida hosildor allyuvial tuproqlar yaxshi rivoj topgan 
bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi.
Kordilera tog‘ tizimida tuproqlar xilma-xil bo‘lib, iqlim mintaqalariga mos 
ravishda balandlik zonal ar i hosil qiladi. Alyaska Kordilerasida tog‘ tundra, tog‘
podzol va muzloq tog‘ tayga tuproqlari yaxshi rivojlangan. Janubroqda tog‘larning 
sernam g‘arbiy yon bag‘rlarida tog‘ jigar rang tuproqlar keng tarkalgan. Baland
tog‘ tizmalarining subalp va alp o‘tloqzorlarida tog‘ o‘tlok tuproqlari uchraydi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin