Iqlim mintakalari Shimoliy Amerika xududi bo‘ylab haroratning va yog‘ingarchilikning
notekis taqsimlanishi ikki xil yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: harorat shimoldan
janubga qarab kenglik bo‘ylab o‘zgarsa, atmosfera yog‘inlari sharqdan g‘arbga
qarab uzoqlik buylab o‘zgaradi. Bunday uzgarishlarning xususiyatlari, ichki
farqlari materikning iqlim mintaqalarida va iqlim oblastlarida mujassamlashgan.
Arktika mintaqasi.Materikning shimoliy sohillari, Kanada, Arktika
arxipelagi va Grenlandiya oroli Arktika iqlim mintakasiga qaraydi. Bu yerlarda yil
davomida Shimoliy muz okeanidan keladigan sovuk Arktika xavo massasi
xukmronlik kiladi. Kishda qutb tuni uzoq davom etganliga sababli Quyosh issig‘i
yerga tushmaydi. Mintaqaning harakterli xususiyati shundaki, qish ham, yoz ham
sovuq bladi. Yanvarning o‘rtacha harorati -35°S, -40°S, iyulning harorati esa
Alyaskada zo‘rg‘a +5°S gacha ko‘tariladi. Grenlandiyada yanvarning o‘rtacha
harorati -45°S, -50°S gacha pasaysa, iyulda -10°S, -15°S gacha ko‘tariladi. Yillik
yog‘in miqdori 100 mm dan 300 mm gacha yetadi.
Subarktika mintaqasi. Bu mintaqaning janubiy chegarasi g‘arbda 60° sh.k.
bo‘lib, sharqda Gudzon qo‘ltig‘i yaqinida va Labradorda 55-53° sh.k. bo’ylab
o‘tadi. Mintaqaning iqlim sharoiti mo‘’tadil kenglik xavo massasi ta’sirida
bo‘lganligi tufayli Arktika mintakasiga nisbatan iliqroq. Iyulning o‘rtacha harorati
Fort-Stitda +16°S gacha ko‘tariladi. Biroq qishi Arktika mintakasiga qaraganda
sovuqroq- Sababi, bu yerda dengiz xavosi emas, balki kontinental xavo
xukmronlik qiladi. Xatto Alyaskada minimal harorat -60°S gacha pasayadi.
Subarktika mintaqasi ichki farqlariga ko‘ra uchta iqlim oblastiga bo‘linadi:
Kontinental, Tinch okean va Atlantika. Kontinental oblastiga subarktikaning o‘rta
qismi qaraydi. Kishda kontinental antitsiklon ta’sirida bulganligi uchun yanvarning
urtacha harorati -24°S, -31°S atrofida bo‘ladi. Eng minimal harorat ham shu oblast,
uchun harakterli. Iyulning urtacha harorati 10°-16°S gacha kutariladi. Yillik
yogingarchilik miqdori o‘rtacha 300 mm ga teng.
Tinch okean va Atlantika iqlim oblastlariga subarktika dengiz iqlimi
harakterli. Yanvarning o‘rtacha harorati sharkda -20°, -25°S dan g‘arbda -15°, -
20°S gacha ko‘tariladi. Iyulning o‘rtacha harorati +10°S atrofida. Urtacha yillik
yog‘ingarchilik miqdori g‘arbda 500 mm dan sharqda 600 mm gacha ko‘payadi.