O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə190/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Foydali qazilmalari 
Foydali qazilmalarni tarqalish harakteri materikning geologik strukturasiga, 
tektonikasiga va relefiga bog‘lik. Binobarin, qazilma boyliklarni regional tarqalish
xususiyatlarini hisobga olib, Shimoliy Amerika xududida beshta kompleks ajratish 
mumkin: Kanada qalqoni, Markaziy va Buyuk tekisliklar, Kirbuyi pasttekisliklari,
Appalachi tog‘lari, Kordilera tog‘ tizimi foydali qazilmalar komlleksi. 
Materikning foydali qazilmalari kompleklari ichida Kanada qalqoni turli xil
rudali konlarga juda boy. Kompleksning rudali qazilmalari qadimiy kristall va 
metamorfik jinslarda hosil bo‘lgan temir, nikel, mis, kobalt, oltin, platina, kumush,
uran va boshka metallardan iborat. Bu boylikllarni qazib olish va qayta ishlash tog‘ 
kon sanoatlari asosan Buyuk ko‘llar atrofida va qalqonning garbidagi Katta
Nevolniche ko‘li yaqdnida barpo etilgan. Temir konlari Labrador yarim orolida 
ham mavjud.
Markaziy va Buyuk tekisliklar kompleksi xududida rudali va rudasiz foydali 
qazilmadar keng tarqalgan. Bu

yerdan asosan neft va toshko‘mir qazib olinadi. 


Toshko‘mir Appalachioldi cho‘kmasidagi Pensilvaniya xavzasida, Missisipi
pasttekisligi botig‘ida, Kordileraoldi cho‘kmasida, Texas xavzasida ko‘p uchraydi. 
Shimoliy Amerikaning asosiy ko‘mir konlari va ko‘mir zaxirasi AKSH xududiga
to‘g‘ri keladi. Toshko‘mir konlari paleozoy va mezozoy yotkiziklarida hosil 
bo‘lgan.
Materikning asosiy qazilma boyliklaridan biri neft hisoblanadi. Neft konlari 
hosil bulishiga ko‘ra turli geologik davrlarga tug‘ri keladi. Texas, Kanzas va
Oklaxoma xavzalaridagi neft konlari silur, devon va karbon davrlari yotkiziklarida 
hosil bo‘lgan. Eng yirik neft konlari Appalachi tog‘lari atrofida va paleozoy
strukturasining botiqdarida to‘plangan. Meksika qo‘ltig‘i soxillarida neft perm 
qatlamlaridan qazib olinadi. Florida yarim orolida juda katta fosforit koni
joylashgan. 
Appalachi kompleksida paleozoy tog‘ burmalanishlarida vujudga kelgan
qazilma boyliklar uchraydi. Eng ko‘p tarkalgani toshko‘mir va temir rudalari 
hisoblanadi. Appalachining shimoliy kristalli qismida polimetallar, mis, qurgoshin
va boshkalar bor. 
Kordilera foydali qazilmalar kompleksi Shimoliy Amerika xududida xilma-
xil rudali va rudasiz qazilmalarning keng tarqalganligi bilan farq qiladi. 
Kordileraning butun yunalishi bo‘ylab, nevada va larami orogenik zonalarida ham
polimetallar, mis, oltin, kumush, surma, simob, molibden, vanadiy, volfram, uran 
va boshqa qazilma boyliklar joylashgan. Bu kompleksdan toshko‘mir, neft grafitlar
ham qazib olinadi. Kaliforniyada tog‘ oralig‘i byutig‘ining neogen yotkiziqlarida 
hosil bo‘lgan juda katta neft konlari bor.





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin