O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə204/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Kordilerasiz Sharq 
SHimoliy Amerikaning sharqdan Atlantika okeani, shimoldan SHimoliy

Muz okeani va g‘arbdan Kordilera tog‘ tizimi bilan chegaralgan katta qismi


Kordilerasiz SHarq deb ataladi. Bu ulkan regionga kutbyoni kengliklaridan to 
subtropik kengliklargacha bo‘lgan bepoyon xudud qaraydi. Uning relefi asosan
tekisliklar, pasttekisliklar, yassi tog‘liklar va qisman o‘rtacha balandlikdagi 
tog‘lardan tarkib topgan.
Kordilerasiz SHarqning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasida juda katta 
zonal farqdar mavjud. Ayniksa bunday farklar sharqning orografik omili ta’sirida
vujudga kelgan shimoldagi kenglik zonalliklarda va janubdagi meridional 
zonalliklarda yakkol ifodalangan.
Kordilerasiz SHarkding landshaft komplekslari makonda relef shakllari va 
morfotektonik strukturalarga bog‘lik xolda differensiatsiyalashgan. SHu boisdan
sharqda juda murakkab tabiiy xududiy komplekslar vujudga kelgan. Ular bir-
biridan farq qiluvchi mustakil regionlarni-tabiiy geografik oblastlarni tashkil etadi.



Xar bir oblast landshaft xususiyatlari, morfotektonik strukturasi va zonal omillar


asosida ajratilgan. Bular Lavrentiy yassi tog‘ligi. Buyuk tekisliklar, Appalachi 
tog‘lari xamda Kirgokbuyi pasttekisliklaridir.
Lavrentiy yassi tog‘ligi. Lavrentiy yassi tog‘ligi SHimoliy Amerikaning
shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, janubi-sharqda Appalachi tog‘lari, 
janubda Markaziy tekisliklar, janubi-g‘arbda Buyuk tekisliklar, g‘arbda Makenzi
tekisligi va shimolda Gudzon ko‘ltig‘i pasttekisliklari bilan chegaralangan. YAssi 
tog‘lik shimolda SHimoliy Muz okeani va shimoli-sharqda Atlantika okeani bilan
xam tutashgan. Umumiy maydoni 4,7 mln km
2
. Dengiz satxidan o‘rtacha 

balandligi 200-400 m ni tashkil etadi. Bu ulkaning shimoliy qismi tundra va


o‘rmon tundra landshaftlari bilan band. SHuning uchun Lavrentiy yassi togligining 
tabili kupchilik jixatdan Evrosiyoning Fennoskandiya tabiiy geofafik o‘lkasiga
o‘xshab ketadi. 
Lavrentiy yassi tog‘ligi Kanada qalqonining yirik kismi bo‘lib, uning
poydevori arxey va proterozoy eralarining kristall jinslaridan-granit, gneys, 
kristalli slanets va dioritlardan tarkib topgan. Kristall jinslar platoning g‘arbida va
Gudzon qo‘ltig‘idan janubda er yuzasidan ancha pastda yotadi. Ularning yuzasi 
paleozoy yotkizikdari bilan qoplangan. Platoning shimoliy kismidagi kristall
jinslar dengiz trangressiyasi vaqtida xosil bo‘lgan yotkiziklar bilan kumilgan. 
Ayrim joylarda kristall jinslar gumbazsimon balandliklar va vulkanik massivlar
shaklida kutarilib turadi. 
Lavrentiy platosi foydali kazilmalarga juda boy. Kazilma boyliklarnint
xilma-xil bulishiga sabab plato poydevorini kadimiy kristall jinslardan tarkib 
topganligidadir. Ulkaning barcha rayonlarida kora, rangli va nodir metallar keng
tarkalgan. Uning shimolidan temir, mis, nikel, kobalt, janubidan kumush, 
kurgoshin, volfram, kobalt, mis va uran rudalari qazib olinadi. YAssi
TOELIKNING 
barcha xududida oltin konlari mavjud.
Turtlamchi davrda Lavrentiy platosi materik muzligi bilan qoplangan. 
Materik muzligining asosan ikkita yirik markazi: birinchisi Labrador va ikkinchisi
Gudzon kultigidan g‘arbda Kivanin bo‘lgan. Markazlarda muz qalqoning qalinligi 
3000 m dan xam oshgan. Muzliklarning xarakati natijasida yassi tog‘lik yuzasida
sidirilgan koyalar, kuy peshonalari, muz ko‘llari, morena tepalari kabi relef 
shakllari xosil bo‘lgan.
YAssi tog‘lik yuzasi asosan peneplenlashgan to‘lkinsimon tekisliklardan 
iborat. Ularning markaziy qismi gumbazsimon shaklda ko‘tarilgan bo‘lib,
shimolga va janubga tomon pasayib boradi. Platoning tulkinsimon tekislik 
yuzasidan kattik jinslardan xosil bulgan tog‘ kryajlari dengiz satxidan 500-600 m
baland ko‘tarilib turadi. Ulkaning eng baland joyi Labrador yarim oroliga tug‘ri 
keladi. Uning shar kiy kultigidagi Torngat kristall tog‘i 1500m gacha, eng baland
Serk chukkisi 1676 m gacha ko‘tarilgan. Labradorning sharqiy qirg‘oqlari tik, 
baland va fordlar bilan parchalangan.
Lavrentiy yassi tog‘ligining iqlimi sovuq, kontinental. SHimoliy qismi 
subarktika va janubi mu’tadil iqlim mintakasiga qaraydi. Uning xududida orografik
tusiklar bulmaganligi sababli iqlim xususiyatlari shimoldan janubga va sharqdan 
g‘arbga qarab asta-sekin o‘zgarib boradi. Yil davomida kontinental xavo massalari



xukmronlik qiladi. Ulkaning sharqiy qismiga Atlantikadan keladigan xavo


massalari ta’sir etib, yogin-sochinni, bulutli va tumanli kunlarni ko‘payishiga 
sharoit yaratadi. Platoning ichki qismini iqlimini yumshatishga SHimoliy
Amerikaning Buyuk ko‘llar xavzasi va Gudzon kultigi xavzasi xam qisman uz 
ta’sirini ko‘rsatadi. Umuman yassi toglik xududi uchun uzok davomli qish va qisqa
muddatli salqin xamda sernam yoz xarakterli. 
Sovuk oylarning o‘rtacha xarorati janubdan shimolga qarab pasayib boradi.
Buyuk ko‘llar atrofida yanvarning o‘rtacha xarorati -12°S, Gudzon kultigi rayonida 
-26°S va tundrali shimolda -28°S ga teng. Kishda kor yogadi va yil davomida kor
qoplami uzok saqlanadi. Xaroratning past bo‘lishi tufayli ko‘p yyllik muzloq erlar 
keng tarqalgan.
O‘lka xududida yoz fasli juda qisqa va salqin. Fakatgina uning janubida yoz 
uzoqroq davom etib, iyulning o‘rtacha xarorati 18°S gacha ko‘tariladi, qolgan
rayonlarida 12-14°S dan yukori kutarilmaydi. Xatto Labrador yarim orolining 
qirg‘oqlarida iyulning o‘rtacha xarorati 10°S gacha pasayadi. Bunga sabab
Labrador sovuq oqimining materik qirgoqlariga ko‘rsatgan ta’siridir. SHu 
munsobat bilan ezda Labrador yarim orolining kirgoklarida yomgir kup yogadi,
qalin tumanlar esa yilning xamma fasllari uchun xarakterlidir. Yillik yogin miqdori 
g‘arbda 330 mm dan sharqda 1000 mm gacha oshib boradi.
YAssi totikning shimoliy qismida tundra va o‘rmon-tundra zonalari qirg‘oq, 
bo‘ylab keng polosa xosil qilib joylangan. Labrador yarim orolining shimoliy
qismida xam tundra landshaftlari tarqalgan. Kuchli shamollardan ximoyalangan 
ford qirg‘oqlarida tundra o‘rmon landshaftlari bilan almashinadi. Tundra va
o‘rmon-tundra landshaftlari Gudzon qo‘ltig‘iga soxillari bo‘ylab janubga kirib 
boradi. Gudzon kultigi kirgoklarida va Labrador yarim orolida tundra
landshaftlarini janubrokka kirib kelishiga sabab bu regionlarda tez-tez takrolanib 
turadigan kuchli sovukq shamollarning xukmronlik qilishi, er usti suvlarini juda
xam sekin oqishi tufayli botqoqlanish jarayonini faolligi va okeandan keladigan 
namlik tarkibida tuzlarning ko‘pligidir. Botqoqliklar g‘arbga tomon borgan sari
kamayib boradi. 
Platoning katta maydonini igna bargli o‘rmon landshaftlari qoplab olgan.
O‘rmonning asosiy qismi kora eldan tarkib topgan. Tayganing ayrim joylari 
sidirgasiga qora eldan tashkil topgan bo‘lsa, ayrim joylarida ularga aralash xolda
tilog‘och. balzam pixtasi, kayin, qizil qarag‘ay, oq karagay, toggeraklar xam usadi. 
Tayganing botkoklik urmonlari pastkam erlarda yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular
qora qaragay bilan qoplangan. Qumoq tuproklarda aksincha Bank qaragayi keng 
tarqalgan. G‘arbga borgan sari yogin-sochinning kamayishi tufayli botqoq
landshaftlarning maydoni xam qisqarib boradi. Platoning g‘arbida tayga o‘rmonlari 
shimolga tomon ancha kirib boradi, tundra landshaftlarining maydoni esa keskin
qisqarib, SHimoliy Muz okeani soxillarida tor polosani xosil qiladi. Bu polosada 
mox va lishayniklar, pakana buyli kayin va tollar, bagulniklar o‘sadi.
Lavrentiy yassi tog‘ligi o‘lkasining asosiy tabiiy boyligi igna bargli o‘rmonlardir. 
Ular qurilish materiallari tayyorlashda va qog‘oz ishlab chikarishda maxalliy
xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Tayga kimmatbaxo muyna beruchi xayvonlarga 
xam nixyatda boy. Tayga urmonlaridan kunduz, ondatra, norka va tulkilar,



tundradan kutb tulkisi kuo‘plab ovlanadi. Ulkaning ichki suvlari baliklarga boy.


Maxalliy axoli muyna beruvchi xayvonlardan tashkari daryo va kullardan 
churtanbalik, seld, forel va boshqa baliqlarni ovlash bilan xam shug‘ullanadi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin