Bu dunyo buyicha chuchuk "suvlarning eng katta mykdorlagi zaxirasidir.
Michigan ko‘lining janubiy soxillarida suvning ta’siri natijasida yanvarning
o‘rtacha xarorati -3°S gacha ko‘tariladi. YOz oylari shimolda ancha ilik, janubda
esa issiq- Iyulning urtacha xarorati o‘lkaning shimolida 20°S ni, janubida esa 25°S
ni tashkil etadi.
Buyuk tekisliklarga nisbatan Buyuk ko‘llar o‘lkasiga yogin-sochin ko‘p
tushadi. O‘rtacha yillik yoginlarchilik miqdori 750 mm ni tashkil etadi. SHarqqa
tomon bu ko‘rsatkich 1000 mm gacha ko‘payadi, g‘arbga
tomon bir muncha
kamayadi. Atmosfera yoginlari o‘lka xududining xamma qismida deyarli bir tekis
taksimlangan. Kishda yogin asosan kor shaklida yogadi va Kor koplami kalin
buladi. Maksimum yogin-sochin yoz fasliga tug‘ri keladi.
Buyuk ko‘llar o‘lkasida daryo va kanal turi yaxshi ravojlangan. Yirik,
o‘rtacha kattalikdagi va mayda ko‘llar juda serob. Daryolari Buyuk ko‘llar va
Missisipi xavzalariga qaraydi. Buyuk kullarning suv yigadigan xavzasini maydoni,
ko‘llar satxi bilan birgalikda 772 ming km
2
ga teng. Ko‘llar va daryolar qor,
yomgir va er osti suvlaridan tuyinadi. Ko‘llardan oqib chiqadigan daryolarning
gidrologik rejimi va suv sarfi yil davomida bir xil taksimlanganligi
bilan boshka
ulkalarnchig daryolaridan fark kiladi. Kul va daryolar dekabrda muz bilan
koplanib, aprel oyida muz qoplamidan ozod bo‘ladi.
Ko‘llar baliqlar faunasiga juda boy. Bu erda baliqlarning 28 oilasiga mansub
173 turi yashaydi. Zogora va olabuga baliklari ko‘pchillikni tashkil etadi. Sudak va
osyotr baliqlari nisbatan keng tarqalgan. Ko‘l foreli sanoat axamiyatiga ega.
Buyuk ko‘llar o‘lkasi AKSH va Kanadaning axoli zich yashaydigan regioni
xisoblanadi. Kullar atrofida sanoati rivojlangan shaxarlar ko‘plab joylashgan.
Ulkaning tabiiy landshaftlari antropogen omil ta’sirida kuchli uzgargan. Materikka
Yevropaliklar kelgunga qadar Buyuk ko‘llar o‘lkasining g‘arbida, janubida va
sharqida qalin o‘rmonlar o‘sgan. Maxalliy axoli-indeetslarning ovchi kabilalari
muynali xayvonlarni ovlash bilan shugullangan. Xozir esa urmon massivlari
axyon-axyonda saqlanib qolgan. Xaydalgan erlar makkajuxori va bug‘doy ekinlari
bilan band.
Buyuk ko‘llar SHimoliy
Amerikaning ichki rayonlari, yirik daryolari va
Atlantika okeani bilan suv yullari orkali boshlangan. Buyuk ko‘llardagi kema
yullarining uzunligi 3900 km ga etadi. Kullar va daryolar orqali temir rudalari,
toshko‘mir, kurilish materiallari, sanoat maxsulotlari, don tashiladi. Ko‘llarning bir
yillik yuk oboroti 200 mln t dan oshadi.
Dostları ilə paylaş: