O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə213/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Kanada Kordilerasi. Kanada Kordilerasi landshaft oblastiga Kanadaning
janubi-g‘arbiy kismidagi va AKSH ning shimoli-g‘arbiy qismidagi tog‘
tizmalari, 


platolar va botiqlar qaraydi. Oblastining shimoliy chegarasi Avliyo Ilya va


Makenzi tog‘larining janubidan o‘tadi. Janubda Kaliforniya botig‘i, Katta 
Xavzaning shimoliy qismi xamda Missurining yukori kismidagi vodiysi bilan
chegaralanadi. Kanada Kordilerasining tog‘
tizmalari, platolari va yassi tog‘liklari 

Kordilera tizimining boshqa qismlariga uxshab Tinch okean qirg‘oqlariga parallel


ravishda joylashgan. Landshaft oblastining bu xildagi orografik tuzilishi iqlim 
sharoitiga, tuproq-o‘simlik koplami va landshaft kompleklarining zonal-regional
differensiatsiyalannshiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Kanada Kordilerasi landshaft komplekslarini mu’tadil iqlim sharoitida
shakllanganligi, tog‘
tizmalrini Alyaska va AKSH Kordileralariga nisbatan past 

bulganligi, Tinch okean soxilidagi tog‘larni kuchli parchalanganligi va tog‘


muzliklarini kam tarqalganligi bilan ajralib turadi. 

Avliyo Ilya tog‘idan janubdagi yosh tog‘lar tizimi qirg‘oqqa juda yakin


joylashgan, kuchli parchalangan va ularning xozirgi relef shakllari Aleksandr 
arxipelagi, qirolicha SHarlotta orollari va Vankuver oroli kabi ko‘rinishlarga ega
bo‘lgan. Unchalik baland bo‘lmagan bu tog‘lar Orolli 
TOF
zanjiri deb ataladi. Bu 

toglar zanjirining eng baland nuktasi Vankuver orolida joylashgan Viktoriya


chuqqisidir (2200 m). 
Kanadaning Tinch okean soxili SHimoliy Amerikada eng kuchli parchalangan
uchastkalardan biri bo‘lib, bu erdagi orollar tizimi bir-biridan va materikdan tor 
bug‘ozlar orkali ajralib turadi. Orollar zanjirini esa Kirgok tektonik chukmasi
materikdan ajratib turadi. Tektonik cho‘kmaning bir yunalishi materik ichkarisiga 
kirib borib Pyudjet-Saund qultigini xosil qiladi.
Kanada Kordilerasiga qarashli qirg‘oq tizmalari mezozoy burmalanish 
jarayonida vujudga kelgan bo‘lib, asosan granitlardan tarkib topgan. Uning eng
baland nuqtasi Uoddington togi okean satxidan 4042 m ko‘tarilib turibdi. 
Qirg‘oq tizmasidan sharqda Villamet buylama tektonik cho‘kmasi
joylashgan. Bu chukma paleogen va neogen davrlarining dengiz yotkiziklari
xamda daryolarning allyuvial yotkiziklari bilan tuldirilgan. Villamet chukmasi
tektonig jixatdan Kirgok cho‘kmasining davomi xisobolanadi. Villamet 
cho‘kmasidan sharqda Kanada Kirgok tizmalarining janubiy davomi bo‘lgan
Kaskad tog‘lari meridional yunalishda 1000 km ga yaqin masofaga cho‘zilgan. Bu 
tog‘lar cho‘kindi va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Tashki kiyofasi asimmetrik
kurinishga ega. SHarqiy yon bagri tik jarlik, garbiy yon bafi esa aksincha knyalik. 
YOn bagrlarp chukur vodiy va tor daralar bilan kuchli kesilgan.
Kaskad tog‘larining 1750-2000 m balandlikdagi platosimon yuzalari 
nisbatan tekislangan. Tekislangan yuzalar ustidan bir necha sungan vulkanlarning
konuslari yukoriga kad ko‘tarib turibdi. Vulkan konuslari yosh lavalardan tarkib 
topgan bo‘lib, ular kam emirilgan. Ularning eng yiriklari Reynir (4391 m) va
SHasta (4361 m) tog‘laridir. Lassen-Pik vulkani eng sunggi marta bundan 85 yil 
avval otilgan. Tog‘larda fumarola va issik buloqlar ko‘p uchraydi.
Kaskad tog‘larida landshaft komplekslari vertikal zonalar bo‘ylab 
joylashgan. G‘arbiy yon bag‘rida nam qoramtir igna bargli o‘rmonlar. sharqiy
quruqroq kontinental yon bagrida qarag‘ay o‘rmonlari keng tarqalgan. 2800-3000 
m dan balandda o‘rmon landshaftlari subalp va alp mintakalari bilan almashinadi.



Tog‘larning eng baland joylari Kor va muzliklar bilan koplangan.


Tinch okean soxili tog‘
tizmalaridan sharq tomonda ichki platolar va tog‘lar 

polosasi joylashgan. By polosa Stikin tog‘lari va Nechako,


Frayzer xamda Kolumbiya platolaridan iborat. Ichki tog‘lar va platolarning 
balandligi 800-1500 m ni tashkil etadi. Platolar ichida eng kattasi Kolumbiyadir.
Kolumbiya platosi AKSH ning shimoli-g‘arbida, Kaskad va Koyali tog‘ 
tizmalari oralig‘ida joylashgan. Maydoni 500 ming km
2
atrofida bo‘lib, shimoldan 

janubga 400 km va garbdan sharqqa 250 km masofaga cho‘zilgan. O‘rtacha


balandligi 700-1000 m. Platoning geologik tuzilishida asosan 1200 m kalinlikdagi 
vulkanik bazalt jinslari ishtirok etadi. Lavali platoning shimoliy qismi
materik 

muzliklari olib kelgan yotkiziklar bilan, janubiy qismi lyossimon jinslar bilan


qoplangan. Iqlimi quruq, kontinental. YOz oylari issik, yogangarchilik juda kam 
bo‘ladi. Yillik yogin-sochin mikdori 400-500 mm dan oshmaydi. Plato xududi
Kolumbiya, Sneyk daryolari va ularning irmoqlari bilan chuqur kesilgan. Daryolar 
xosil qilgan daralarning chuqurligi 900-1500 m gacha boradi. Tabiati dasht va
chala cho‘l landshaflaridan tarkib topgan. O‘zlashtirilgan unumdor qora, kashtan 
va qo‘ngir tuproqlar sugoriladigan agrolandshaftlar bilan band.
Kanada qordilerasining sharqiy qismi Koyali tog‘lar bilan o‘ralgan. Koyali 
tog‘lar Kanadada Makenzi tog‘ining janubidan boshlanib, AKSH xududi buylab
davom etadi. Uning fakat shimoliy, Missuri daryosinint kenglik buylab okadigan 
vodiysigacha bo‘lgan qismi Kanada Kordilerasi landshaft oblastiga qaraydi. Qoyali
tog‘lar bir necha buylama tog‘lardan va ularni bir-biridan ajratib turgan keng 
vodiylardan iborat. Koyali tog‘larning eng baland chuqqilari qor va muzliklar bilan
krplangan. Bular Kanada xududida joylashgan Robson (3954 m) va Kolumbiya 
(3747 m) tog‘laridir. CHukkilar o‘rtasida balandligi 1134 m bulgan Yellouxed
davoni kesib o‘tgan. SHimoliy Koyali tog‘larning relefi uchun muzlik relef 
shakllari va buylama tektonik chukmalar xarakterli. Tektonik chukmalardan
Kolumbiya, Freyzer va boshka daryolar oqib o‘tadi. 
Oblastning orografik tuzilishi iklim xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Tinch okean soxilidagi tog‘
tizmalarining g‘arbiy yon bagri sernam va mayin 

iqlimli. Orollardagi tog‘lar, qirgoq va Kaskad tog‘


tizmalarining g‘arbiy yon 

bagrlari 2000 mm, ayrim rayonlari 6000 mm gacha yogin oladi. Kor juda kup


yogadi. qirg‘oq, tizmalarida qorning qalinligi 6-9 m gacha boradi. Okean 
soxillarida yoz oylari ancha salkin. Kaliforniya sovuk okimining ta’siri tufayli
iyulning o‘rtacha xarorati 13-15°S atrofida bo‘ladi. qishda sovuksiz kunlar uzok 
davom etadi. YAnvarning urtacha xarorati 0°S dan -3°S gacha o‘zgaradi.
Qirg‘oqdan uzoklashgan sari iqlim xususiyatlari keskin o‘zgarib, okean 
iqlimi urniga kontinental iqlim sharoiti kuchaya boradi. Vallamet botig‘ida
yogingarchilik miqdori 1000 mm gacha, lavali platolarda 400-500 mm gacha 
kamayadi. YOgin-sochin asosan qish oylariga tug‘ri keladi. Ichki platolarda yoz
issiq va quruq bo‘lganligi sababli qishloq xujalik ekinlari sun’iy sugorishni takozo 
etadi. Koyali tog‘larning sharqiy yon bagrlarida Atlantika okeanidan keladigan
xavo massalari xisobiga yogingarchilik mikdori bir oz kupayadi. Bu rayonlarda 
maksimum yogingarchilik qish paytiga emas, balki yoz oylariga tug‘ri keladi.
Kanada Kordilerasi xududida gidrografik tur yaxshi rivojlangan. Daryo 


tarmoklarining ko‘p va sersuv bo‘lishiga sabab orografik tuzilish xususiyatlari,


yogingarchilik mikdorining kupligi va tog‘ muzliklarining keng tarkalganligidir. 
Daryolari qirg‘oq, Kaskad va Koyali tog tizmalaridagi muzliklardan xamda
ko‘llardan boshlanadi- Eng yirik daryolari Kolumbiya va uning irmoklari Sneyk, 
Freyzer, Spokan, Uillamettlardir. Bu daryolar qor va muzliklardan tuyinib, yoz
oylarida tulib oqadi. Okean soxillariga yakin joylarda daryolar yomgir suvlaridan 
xam tuyinadi. Tog‘
vodiylarida Flatxed, Pand-Orey va boshka ko‘llar mavjud. 

Barcha daryolari gidroenergiya resurslarga boy. Kolumbiya daryosida Grand-Kupi


va Bonnevil gidrouzellari qurilgan. 
Iqlimning g‘arbdan sharqqa qarab o‘zgarishi landshaft oblastining tuproq-
o‘simlik qoplamiga xam ta’sir ko‘rsatadi. Okean soxillarida, 1200-1500m
balandlikkacha bulgan tog‘ yon bagrlarida, orollarda urmonlar yaxshi saklangan.
Kirgon tog‘ tizmasi yon bagridagi Villamet cho‘kmasidagi o‘rmonlar sitxa eli
Duglas pixtasi, tuya, garb xemlogi va boshka igna bargli daraxtlardan tashkil
topgan. Vankuver orolidagi daraxtlarning buyi 60-75 m gacha etadi. Kaskad tog 
tizmasidagi qadimgi qalin urmonlar kesilib ketgan va ularning urnini ikkilamchi
siyrak antropogen urmonlar egallagan. Ikkilamchi tog‘ o‘rmonlarida Duglas pixtasi 
va sarik qaragaylar keng tarqalgan.
Ichki platolarda o‘simlik qoplami shimoldan janubga qarab uzgarib boradi. 
Platoning shimoliy kismi urmonlar bilan, urta kismi urmondasht va janubiy qismi
dasht usimliklari bilan qoplangan. qurg‘oqchil erlari butazorlar va kserofit boshokli 
utlar bilan band. Ichki platolarning xaydaladigan joylarida donchilik va
bogdorchilik yaxshi rivojlangan. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin