O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə210/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Atlantikabo‘yi pasttekisligi. Bu pasttekislik shimolda Nyu-Iorkdan
boshlanib, janubda Florida yarim oroligacha davom etadi. g‘arbda Pidmont platosi 
va sharqda Atlantika okeani bilan chegaralangan. Janubi-g‘arbda Meksikabuyi
pasttekisligi bilan tutashib ketgan. Kengligi shimolda 30 km dan janubda 350 km 
gacha, balandligi 100 m gacha boradi. Pasttekislikning poydevori bo‘lgan paleozoy
kristall jinslari qalinligi 1000 m gacha boradigan oxaktosh, qumtosh, qum va gil 
yotkiziklari bilan qoplangan. Soxilning past dengiz terrasalari daryolarning keng
botqoqli kayirlari bilan kesilgan. Golfstrim ilik okimi qirgoq yakinidan oqib o‘tib, 
pasttekislikning iqlimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlimi subtroggak, okean iqlimi.
Kishiilik, yomgirli. YAnvarning o‘rtacha xarorati shimolda 0°S dan janubda +20°S 
gacha ko‘tariladi. YOzi issik, va sernam. Iyulning o‘rtacha xarorati 22-28°S ni
tashkil etadi. Yillik yogingarchilik mikdori 1000-1400 mm atrofida. Tuprok, 
qoplami qizil, sariq allyuvial-chimli va botqoq tuproqdardan tarkib topgan.
Subtropik o‘rmonlarda xilma-xil karagaylar va emanlar ko‘p o‘sadi. Botqoq 
erlarda tissa va sarv daraxtlari keng tarqalgan.
Meksikabo‘yi pasttekisligi. SHimoliy Amerikaning Meksika qirg‘oqlari
yakinidagi pasttekislik rayonlarini uz ichiga olgan bu pasttekislik shimolda 
Markaziy tekislik, Appalachi va Uoshito tog‘lari, shimoli-g‘arbda Buyuk



tekisliklar platosi bilan chegaralanadi va janubda Meksika kultigi bilan yuvilib


turadi. Uning xududi kalinligi 6000-10000 m keladigan, neft va gaz konlariga boy
kum, gil va boshka yotkiziklardan tashkil topgan. Er yuzasi janubdan shimol
tomon dengiz satxidan 150 m gacha kutarilib boradi, ko‘plab mayda va yirik daryo 
vodiylari bilan kesilgan. Relefining xarakteriga ko‘ra uchta geomorfologik tipga:
yassi to‘lkinsimon dengiz terrasalri, uncha baland bo‘lmagan kuest tizmali kiya 
tekisliklar va Missisipining yassi allyuvial pasttekisliklariga bo‘linadi.
Meksikabo‘yi pasttekisligining katta qismi uchun subtropik iqlim va janubi-
garbiy qismi uchun tropik iqlim xarakterli. YAnvarning o‘rtacha xarorati shimolda
+4°, +8°S. Iyulning o‘rtacha xarorati 26°-28°S. Iillik yogin mikdori g‘arbda 600-
800 mm va sharqda 1200-1500 mm. Pasttekislik xududidan Missisipi, Alabama,
Kolorado, Brazos. Rio-Grande va boshqa daryolar oqib o‘tadi va o‘z suvini 
Mekiska qo‘ltig‘iga qo‘yadi.
Pasttekislikda unumdor tuproqlar keng tarkalgan. Qumoq terrasalarda qizil 
va sariq tuproqlar, oxaktoshli tekisliklarda chimli-korbonatli tuproqlar va daryo
kayirlarida chimli-allyuvial tuproqlar yaxshi rivojlangan. Nishabligi kam bulgan 
joylarda botqoq tuproqlar katta maydonni egallab olgan. Regionda o‘rmonlar
nisbatan yaxshi saqlangan. Uning 35% xududi o‘rmonlar bilan band. Qumoq
erlarda qaragaylar, doimiy yashil emanlar, magnoliyalar, voskovniklardan tarkib
topgan. Daryo kayirlarida nissa, terak va shamshod daraxtlari o‘sadi. Soxillarda 
mantra o‘rmonlari mavjud.
Meksikabuyi pasttekiligining unumdor tuproklari qishloq xo‘jaligida keng 
foydalaniladi. Ayniksa Missisipi vodiysida paxta. Meksika soxillarida shakar
kamish va katta maydonlarda subtropp. sitrusli mevalar etkazish yaxshi yulga 
quyilgan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin