O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə208/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Appalachi tog‘lari. Appalachi tog‘i tabiiy geografik o‘lkasi SHimoliy
Amerikaning sharqiy qismida AKSH va Kanada xududida joylashgan. U o‘rtacha 
balandlikdagi tog‘ tizimi bo‘lib, morfostrukturasi tizmalardan, platolardan, yassi
tog‘liklardan, vodiylardan va tog‘oldi tekisliklaridan tarkib topgan. Appalachi tog‘ 
tizimi shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga qarab submeridional ravishda 2600 km
masofaga chuzilgan. Eng baland chuqqisi o‘lkaning janubida joylashgan va okean 
satxidan 2037 m ko‘tarilib turgan Mitchell tog‘idir.
Appalachi tog‘lari geologik tarakkiyot tarixiga ko‘ra Er yuzidagi eng keksa tog‘lar 
katoriga kiradi. U paleozoy erasining kaledon va gersin tog‘ xosil bulish
jarayonlari tufayli vujudga kelgan, kuchli emirilgan. peneplenlashgan, sungra 
yangi tektonik ko‘tarilishlar natijasida yashargan tog‘lardan xisoblanadi.
Appalachining shimoliy, janubi-sharkiy qismlari va Adirondak tog‘lari 
paleozoyning boshlarida burmalangan qadimiy gneys, kristalen slanets va
kvarsitlardan 
tarkib
topgan. Janubi-garbiy 
qismi
paleozoyning oxirida 

burmalangan oxaktosh, qumtosh, gilli slanets kabi cho‘kindi jinslardan tuzilgan.


Mezozoyning oxiri va kaynozoyning boshlarida toshlar gumbazsimon kutarilib
megaantiklinal strukturali vujudga keltiradi. SHu davrdan boshlab tog‘
yon 

bag‘rlari yaxshi rivojlangan daryo vodiylari bilan kuchli parchalanib, xozirgi relef


shakllari xosil bo‘lgan. 
Appalachi tog‘li o‘lkasidagi landshaftlarning differensiatsiyalanishida katta
farqlar mavjud. Bunday farqlar ayniqsa tog‘ tizimining shimoliy qismi bilan 
janubii qismi o‘rtasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHu boisdan o‘lka xududi ikki
qismga - SHimoliy Appalachi va Janubii Appalachiga bo‘linadi. Ular o‘rtasidagi 
tabiiy chegara tog‘ tizimini kundalang kesib o‘tgan Moxok tektonik cho‘kmasiga
tug‘ri keladi. Bu cho‘kmadan Gudzon daryosi oqib o‘tadi. 
Appalachi tog‘larining iqlim sharoiti Atlantika okeani, ayniksa Meksika
qo‘ltig‘i ta’sirida shakllangan. SHu tufayli mayin va nam iqlim xukmronlik qiladi. 
O‘lkaning shimoliy qismi mu’tadil va janubii qismi subtropik iklim mintakalariga
qaraydi, 
SHimoliy Appalachining iqlim sharoiti janubga qaraganda bir muncha
sovuq, xavo xarorati fasllarga qarab keskin uzgarib turadi. Eng sovuq oyning 
o‘rtacha xarorati -5°S dan -12°S gacha pasayadi. Daryo va ko‘llari dekabrdan to
aprelgacha muz bilan qoplanadi. Kor kup yogadi va kor koplami qalin bo‘ladi. 
Bunga sabab ulkaning shimoliy qismiga Labrador sovuq oqimining ta’sir etishidir.
YOz oylari salqin kelib, iyulning o‘rtacha xarorati 18°S dan yukori ko‘tarilmaydi. 
Tumanli va yomgirli kunlar ko‘p buladi.



Janubiy Appalachi xududida xavo xarorati yozda xam, qishda xam shimolga


nisbatan yuqori bo‘ladi. Qishda eng sovuq oyning o‘rtacha xarorati +8°S atrofida. 
Balandlikka ko‘tarilgan sayin xarorat pasayib boradi. Dengiz satxidan 600-700 m
balandlikdan boshlab manfiy xapopat kuzatiladi. YOz oylari issik, iyulning urtacha 
xarorati 25°S gacha boradi, yogingarchilik juda ko‘p bo‘ladi.
Appalachi tog‘lariga doimo Atlantika okeanidan keladigan nam xavo 
massalari ta’sir etib turadi. Nam xavo massalari o‘lkaning xamma xududiga katta
mikdorda yogin-sochin keltiradi. YOgingarchilik yilning xamma fasllari uchun 
xarakterli. Iillik yogingarchilik mikdori shimoldan janubga qarab 1000 mm dan
2000 mm gacha ko‘payib boradi. Maksimum yogingarchilik yoz fasliga tug‘ri 
keladi. Namgarchilikning ko‘pligi tufayli o‘lkada daryo tarmoklari yaxshi
rivojlangan. 
Appalachi toglaridan boshlanuvchi daryolar uz suvini Atlantika okeaniga va
Missisipi xavzasiga quyadi. Ular sersuv, yil davomida to‘lib oqadi, vodiylari 
chuqur ishlangan. Kor va yomgar suvlaridan tuyinadi. Yirik daryolari Sent-Djon,
Gudzon, Saskuixanna va Tennessilar gidroenergiya resurslariga boy. 
O‘lka tabiatidagi ichki farkdar fakat geologik tuzilishi, relfi va iqlimi
sharoitlarida bo‘lib qolmaslan, tuproq-o‘simlik qoplamida xam anik ifodalangan. 
Appalachining shimolida tog‘ podzol, tog‘ chimli podzol tuproqlari keng tarqalgan.
Ular igna bargli va aralash o‘rmonlar bilan qoplangan. o‘rmonlar asosan 
tog‘larning yukori qismida yaxshi saqlangan. Igna bargli tog‘ urmonlarida koramtir
el, balzam pixtasi, oq qaragay, tuyalar ko‘p o‘sadi. Aralash o‘rmonlarda igna bargli 
urmonlar bilan birga shakar va qizil zarang ok va sarik qayin, togterak terak,
emonlar keng tarkalgon Ayrim joylarda qizil zarang, shakar zarang va 
emanlardan tarkib topgan urmon massivlari saklanib qolgan.
Janubiy Appalachining tuproq koplami urmon kungir, sariq va qizil 
tuproklardan tashkil topgan. Katta maydonni egallab yotgan appalachi keng bargli
urmonlarining tipik vakillari Moxok tektonik chukmasi rayonida paydo bula 
boshlaydi. Keng bargli urmonlarning asosini buk, chinor, toggerak, kashtan
yongok, zarang va shumtollar tashkil etadi. Toglarning 1000 m balanllikkacha 

bo‘lgan qismida bulardan tashkari endemik va relikt turlar-lola daraxti, magnoliya,


ok akatsiyalar usadi. 1000 m dan balandpikda SHimoliy Appalachiga xos bulgan 
aralash va igna bargli o‘rmonlar o‘sadi. Undan yukorida subalp mintakasi
joylashgan. 
Janubiy Appalachining urmonlari antropogen omil tasirida juda siyraklashib
kolgan. Ayrim. uchastkalarda urmonlar umuman kesib yuborilgan. Bunga sabab 
ulkaning geografik urnini va iklim sharoitining inson xayoti uchun kulayligi xamda
gidroresurslarga va foydali qazilmalarga boy ekanligidir. Mavjud bulgan tabiiy 
omillar tufayli axolining zichligi kun sayin orta bordi shaxar kurilishi va sanoat
markazlari rivojlana bordi. Appalachining tog‘ oldi rayonlari, vodiylari va unumlor 
qizil tuproqlari maksimal darajada uzlashtirilgan. Tabiiy landshaftlar o‘rnini
antropogen landshaftlar, aynikra agrolandshaftlar, seliteb va texnogen landshaftlar 
egallagan. Tabiiy qalin o‘rmonlar tog‘larning axrli siyrak yashaydigan baland
joylarida yaxshi saklanib qolgan. Bu erda yirik o‘rmon xayvonlaridan Virginiya 
bugusini uchratish mimkin.






Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin