balki uncha baland bo‘lmagan, kuchli namlangan Atlantikabuyi rayonlaridagi
tog‘lar uchun ham harakterli.
Yevrosiyo tog‘larida qor chizig‘ining balandligi
shimoldan janubga va
materikning chekka qismidan ichkari rayonlariga qarab yuqori ko‘tarila boradi.
Skandinaviya tog‘larida qor chizig‘ining balandligi 700-1900 m: atrofida, Alp
tog‘larida 2500
3200 m. gacha ko‘tariladi. Alp YYevropaning eng yirik tog‘
muzliklari markazi hisoblanadi. Alp muzliklari orasida eng kattasi Shveysariya
Alpidagi Alech muzligidir. Maydoni 160 km2, uzunligi 26,8 km bo‘lgan
muzlikning qalinligi ayrim joylarda 800 m ga teng.
Hozirgi zamon muzliklari YYevropaga nisbatan Osiyoning baland tog‘larida
va tog‘liklarida ko‘prok, uchraydi. Biroq baland tog‘
tizimlarining keng
tarqalganligiga va Osiyo hududining deyarli yarmidan ko‘prog‘ini egallab
olganligiga qaramasdan muzliklar bilan qoplangan joylar nisbati uncha katta emas.
Bunga sabab barcha baland tog‘lar materikning ichkari rayonlarida joylashgan,
iklimi keskin kontinental va yog‘in - mikdori nixoyatda kam.
Shuning uchun qor
chizigi va muzliklarning quyi chegarasi juda balandda joylashgan. Qor chizig‘ining
balandligi Qoraqurum va Kunlunda 5000-5500 m, Himolayda 4500-5000 m,
Tyanshanda. 3700 m. Eng katta tog‘ muzliklarining uzunligi Pomirda 77 km
(ayrim manbalarda 71,2 km), Qoraqurumda 60 km, Tyanshanda 60 km va
Ximolayda 26 km gacha boradi.
Osiyodagi va butun Yevrosiyodagi eng katta tog‘ muzliklaridan biri
Pomirdagi Fedchenko muzligidir. Uning uzunligi 77 km. va maydoni 900 km2.
Muzning qalinligi o‘rtacha qismida 1000 m dan ziyod. "Tyanshanda Fedchenkodan
kichikroq bo‘lgan Janubiy Inilchik muzligi, bor, Uning uzunligi 59,5 km, maydoni
800 km2.
Binobarin, Yevrosiyo daryolarini suv bilan tuyintirishda va kontinental
iklimli o‘lkalarda agrolandshaftlarni suv bilan ta’minlashda tog‘ muzliklarining
ahamiyati katta.
Dostları ilə paylaş: