Qrimning O‘rta dengiz tipiga kiradigan kserofil o‘simliklari sershox
eman, Qrim qarag‘ayi, pitsund qarag‘ayi, daraxsimon archa,
yovvoyi pista,
shiblyak va frigana tipidagi dag‘al bargli butazorlardan iborat. Kolxida va
Lenkoran pasttekisliklaridagi nam o‘rmonlarda daraxtlarning qadimiy
relikt turlari ko‘p uchraydi. Bular uchlamchi davrdan saqlanib qolgan
lapina va dzelkva daraxtlaridir.
Bulardan tashqari buk, eman, kashtan,
grab, xmelegrab va boshqa turlar o‘sadi. Botqoqli joylarda lapina, dala
zarangi, shumtollar va zirkzorlar keng tarqalgan. O‘rmonlarning quyi
yarusida namsevar doimiy yashil rododendron; lavrgilos,
yer daraxt,
fillireya buta o‘simliklari o‘sadi.
Subtropiklarda boshqa materik va kit’alardan keltirilgan, iqlimga
moslashtirilgan o‘simliklar ham ko‘p. Bular anjir, zaytun, dafna, magnoliya,
sarv, yelpig‘ichsimon palma, sambitgul,
yahudiy daraxti, Xitoy shumtoli,
Avstraliya evkalipta, sitrus o‘simliklari, choy va bopqalardan iborat. Binobarin,
mahalliy o‘simliklar ham, boshqa joylardan keltirilib
iqlimga moslashtirilgan
subtropik mintaqaning qimmatli tabiiy resursi hisoblanadi.
Sharqiy Osiyoda Sinlin tog‘ tizmasidan janubroqda, Yanszi daryosi havzasida
mu’tadil mintaqaning bargini to‘quvchi o‘rmonlari doimiy yashil nam subtropik
O‘rmonlar bilan almashinadi. Bu O‘rmonlar tarkibida keng barg‘li lardan buklar,
emanlar, qadimgi issiqsevar
tur hisoblangan dafnalar, sagovniklar, xilma-xil
magnoliyalar va palmalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ammo, hozirgi paytda doimiy
yashil nam subtropik o‘rmonlar Xitoyning materik qismida juda kam qolgan, ular
faqat tohlarda uchraydi. Tog‘ etaklarida va tekisliklarda nam subtropik o‘rmonlar
o‘rnini turli xil madaniy o‘simliklar egallagan.
Dostları ilə paylaş: