O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə88/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Keng bargli o‘rmonlar. Aralash o‘rmonlar janubga va g‘arbga tomon keng
bargli o‘rmonlar bilan almashinadi. Ular o‘simlik turlarining tarkibiga ko‘ra eman-
qayinzorli, emanzorli, bukzorli va buk qayinzorli tiplarga bo‘linadi. Keng bargli
o‘rmonlar G‘arbiy YYevropada hukmronlik qiluvchi tabiiy o‘simlik tipi 
hisoblanadi. Sharqiy YYevropa tekisligida keng bargli daraxtlarning geografik
tarqalishi birmuncha chegaralangan. G ‘ a r b d a n sharqqa qarab keng bargli 
o‘rmonlarning keskin kamayib borishi iklimning kontinentalligini oshib borishi
bilan chambarchas bog‘liqdir. Keng bargli o‘rmonlarning tur tarkibida qadimiy 
turg‘ay florasining elementlari ko‘p uchraydi. Hozirgi keng bargli o‘rmonlar ham
turg‘ay florasiga uxshab ilim mu’tadil okean iqlim sharoitida o‘sadi va rivoj 
topadi.
Bir vaqtlar keng bargli o‘rmonlar Fransiyaning Atlantika okeani sohillaridan 
va Britaniya orollaridan Karpat tog‘lari va Visla daryosigacha bo‘lgan hududlarni
qoplab olgan. Ular faqat tekisliklarda keng tarkalib qolmasdan balki tog‘ yon 
bag‘rlari bo‘ylab dengiz satxidan bir necha yuz metr balandlikkacha ham
ko‘tarilgan. Emanzorli keng bargli o‘rmonlar butun Buyuk Britaniyani va G‘arbiy 
Franpiyani, bukzorlar va eman-bukzor o‘rmonlar Shimoliy Fransiya, Yutlandiya,
Skandinaviyaning janubini va Boltiq dengizining janubiy sohillarini egallab olgan. 
Bu joylarning asosiy o‘rmon hosil qiluvchi o‘rmon turi YYevropa buki
hisoblanadi. ’uk tipik dengiz iqlimi daraxtidir. Eman esa YYevropaning g‘arbiy va 
sharqiy rayonlarida bemalol o‘saveradi.
Hozirgi vaqtda G‘arbiy YYevropa mu’tadil mintaqasining 25% xududi 
o‘rmonlar bilan qoplangan. Keng bargli o‘rmonlarning katta qismi ikkilamchi past
bo‘yli daraxtlar bilan almashingan. Bu yerdagi ikkilamchi antropogen o‘rmonlar 
orasida igna bargli daraxtlar yel, pixta, oddiy qarag‘ay, dengiz bo‘yi qarag‘ayi ko‘p
uchraydi. Shunday qilib, kiyingi yillarda YYevropada keng bargli o‘rmonlarning 
maydoni keskin qisqaribgina qolmasdan, balki, ularning o‘rnida va tarkibida igna
bargli daraxtlar turi ham oshib bormoqda. Agarda Parij havzasi, Markaziy 
YYevropa, Germaniya hududdaridagi keng bargli o‘rmonlarga nazar tashlasangiz,
ular haqiqiy keng bargli o‘rmonlarni emas, balki aralash (kengbargli igna bargli) 
o‘rmonlarni eslatadi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin