o‘simliklari shimol bug‘ulari uchun yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Eng yaxshi
yaylov yagelli tundra hisoblanadi.
O‘rmon-tundra. Tundra va o‘rmon o‘simlik tiplari oralig‘idagi o‘tkinchi tor
polosada o‘rmon-tundra joylashgan. Bu zonada bir vaqtning o‘zida ham o‘rmonlar,
ham tundra o‘simliklar guruhi uchraydi. O‘rmon-tundradagi o‘rmonlar o‘ziga xos
harakterga ega bo‘lib, ular siyrak, qing‘ir-qiyshiq uncha baland emas, daraxtlar bir-
biridan ancha uzoqda o‘sadi. Daraxtlarning ildizlari chuqurga kirib bormagan, ular
tuproqning quyosh isitadigan
eng yuqori katlamida, yon-atrofga tarqalib
joylashgan. Shuning uchun ham daraxtlar juda siyrak bo‘lib, bir-biriga yaqin
o‘saolmaydi. Yorug‘ siyrak daraxtlar to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Botqoqlangan
yerlarda qalin tor katlamlarini vujudga keltiraditan sfagn yo‘sinlari keng tarqalgan.
O‘rmon-tundra shimol bug‘ularini boqishda
qishki yaylov sifatida keng
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: