O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Tundra va o‘rmonlarning o‘zaro munosabatlari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə86/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tundra va o‘rmonlarning o‘zaro munosabatlari. Tundra va o‘rmonlar juda
murakkab dinamik rivojlanish xususiyatlariga ega. Bu tug‘rida geograf va biolog 
olimlar tomonidan bir kator fikr va mulohazalar bayon etilgan. L.S.Bergning
ta’kidlashicha iqlimning sovushi tufayli tabiatda tundraning o‘rmonlarga bostirib 
kelishi sodir bo‘lgan. G.I.Tanfylev bunday hodisani iqlimni sovushi bilan emas,
balki boshqa omil bilan bog‘laydi. Uning fikricha o‘rmonlarning chekkalarida 
qishda qalin qor uyumlari to‘planib qolib, ularning bahorda erishi tuproqlarni
botqoqlantirib, daraxtlarni halokatta olib keladi. V.R.Vilyams tundra va 
o‘rmonlarning o‘zaro munosabatini va ularning bir-biriga bostirib borishini
boshkacha tahlil qiladi. Uning g‘oyasiga ko‘ra vakt o‘tishi bilan iqlimning 
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda yosh tundra landshaftlari evolyutsion yo‘l
bilan o‘rmon landshaftlariga aylanadi. 
F.N.Milkovning fikricha o‘rmon-tundra sharoitida ikki xil flora kompleksi-
tundra va o‘rmon o‘simliklarini bir-biriga bostirib kelishida yangi tektonik omil 
ham katta rol o‘ynaydi. Yangi tektonik harakatlar natijasida chukish sodir
bo‘layotgan pastlik joylarda botqoqlanish jarayoni kuchayib, o‘rmon o‘simliklarini 
o‘sish sharoitini qiyinlashtiradi. Bunday uchastkalarda botqoqli tundralar
rivojlanib, o‘rmonlarga bostirib kela boshlaydi. Faol ko‘tarilayotgan joylarda 
aksincha, botqoqlanish jarayoni kuchsizlanadi, o‘rmonlarni o‘sishi uchun qulay
sharoit vujudga keladi. Bu esa o‘rmonlarni tundraga bostirib kirishiga imkoniyat 
yaratadi. O‘rmon-tundra zonasida o‘rmonlarning maydonini qisqarib ketishiga
antropogen omil ham sabab bo‘lgan. Shuning uchun o‘rmonlarning shimol tomon 
kirib borishi, bu birinchi navbatda sun’iy o‘rmonsizlashtirilgan yerlarni o‘rmonlar
tomonidan o‘zlashtirib olinishidir. 


O‘rmonlar zonasi. Tabiatga inson xo‘jalik faoliyatining ta’sir doirasi
kuchaymasdan oldin Yer yuzida o‘rmonlarning umumiy maydoni 7,5 mlrd. ga 
atrofida bo‘lgan. Hozirgi vaqtda esa ularning maydoni 3,26 mlrd. ga ni tashkil
etadi. Shundan qariyb yarmiga yaqini Yevrosiyo o‘rmonlariga to‘g‘ri keladi. 
O‘rmonlar zonasi zonal farqlariga ko‘ra shimoldan janubga tomon tayga, aralash
o‘rmonlar va keng bargli o‘rmonlar zonachalariga bo‘linadi. O‘rmon 
massivlarining asosiy maydoni tekisliklarda va nisbatan kamroq maydoni tog‘li
o‘lkalarda joylashgan. 




Tayga. Bu o‘simlik zonachasida asosan igna bargli o‘rmonlar-tilog‘ochlar,
karagaylar va yellar hukmronlik qiladi. Fennoskandiya taygasida YYevropa yeli, 
Sharqiy YYevropa taygasida YYevropa va Sibir yeli, karagay, uning shimoli-
sharqida Sibir pixtasi, Sukachyov talog‘ochi, Sibir kedri ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Sibir taygasida o‘rmon hosil qiluvchi asosiy daraxtlar yel, Sibir pixtasi, qaragay,
Sibir va Dauriya tilog‘ochi, kedr va oq qarag‘aylardir. Bu daraxtlarning geografik 
tarqalishiga iqlim sharoiti bilan bir qatorda tabiatning butun tabiiy-tarixiy
rivojlanish jarayoni ham ta’sir etgan. 
Sibir qarag‘ayi Sharqiy YYevropa taygasining barcha qismida uchraydi.
YYevropa qarag‘ayi Fennoskandiyadan boshlab, sharqda Qozon atrofigacha 
boradi. Sukachyov tilog‘ochi g‘arbda Oq dengiz va Onega ko‘li sohillarigacha,
Sibir pixtasi Suxona daryosining boshlanish joylariga qadar tarqalgan. Dauriya 
tilog‘ochi Yeniseydan sharq tomonda yirik o‘rmon Massivlarini tashkil etadi.
Uning ildiz tizimi ko‘p yillik muzloqlar ustida gorizontal ravishda yotadi. Sharqiy 
Sibirda kedr daraxti keng tarqalgan bo‘lib, u Sharqiy YYevropada Pechora
xavzasining g‘arbiy qismigacha boradi. Uzok Sharq taygasida Oxota florasiga xos 
bo‘lgan Ayan yeli, Bolqon yarim orolida usadigan yelga uxshash pustloqli pixta,
toshqayin uchraydi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin