2
UDK 617.5
H -38
A. Abdirashidov, I.A. Babayarov. Hisoblash usullari: mexaniklar uchun
amaliy mashg‘ulotlar («5140300 – Mexanika», «5130100 – Matematika»,
«5130200 – Amaliy matematika va informatika» bakalavr ta’lim yo’nalishlari
talabalari uchun). – 1-qism.
– Samarqand: SamDU nashri, 2018. – 160 bet.
Hozirda ma’lumki, har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim olayotgan talabaga
boshqa bir fanni o‘qitishda bu fanlarning o‘zaro munosabatiga, o‘qitilayotgan
fanning kasbga yo‘nalgan sohaga tatbiqlariga jiddiy e’tibor berilmayotganligini
ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda bakalavriatning turli ta’lim
yo’nalishlarida ta’lim olayotgan fanni bir xil o‘qitilishi, ularga o‘rganilayotgan fan
uning kelgusi kasbiy faoliyatida qay darajada kerak bo‘lishi to‘g’risidagi
tushunchaga va uning o‘rnini sezishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham
o‘qitilayotgan fanni talabaga chuqurroq singdirish maqsadida bu fanni kasbga
yo‘naltirilgan holda o‘qitishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.