O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə13/167
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162030
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167
Strategik marketing-www.hozir.org

iste’molchining ustuvorlik
tamoyilini ham ko‘rib chiqsak bo‘ladi.
Aslida marketing asosini, uning konsepsiyasini tashkil qiluvchi nazariya yoki g‘oya
mutlaqo boshqachadir. U
iste’molchining ustuvorlik tamoyilidan kelib

chiqadigan 
shaxsiy tanlash nazariyasiga
asoslanadi. Ushbu yondashuv nuqtai nazaridan
qarasak, marketing – XVIII asrning oxirida klassik iqtisodiyot tomonidan ilgari
surilgan tamoyillar menejmentining ijtimoiy ifodasi va operasion atamalarga qilingan
tarjimasining aynan o‘zidir.
Bozor iqtisodiyotining asosida biz to‘rtta markaziy g‘oyani ko‘rishimiz 
mumkin. 

Insonlar hayotdan manfaat olishga intiladilar. Aynan shaxsiy manfaatning


ko‘zlanishi kishilarni mehnatga undaydi, o‘sishning, shaxsiy kamolotning




16

harakatlantiruvchi kuchi vazifasini o‘taydi va oxir-oqibatda butun jamiyatning
farovonligini belgilab beradi.

Manfaatlarning xarakterini did, madaniyat, qadriyatlar va hokazolarga


bog‘liq bo‘lgan shaxsiy qarashlar belgilaydi. Bu tanlovning muhimligi yoki oddiyligi
haqida, yoki “haqiqiy” yoki “yolg‘on” ehtiyojlar deb nimani tan olish haqida fikr
yuritish uchun jamiyatdagi milliy, axloqiy va ijtimoiy qoidalarni hurmat qilishdan
boshqa hech qanday asoslarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Aynan erkin va raqobatli ayirboshlash yordamida kishilar va ular bilan


hamkorlik qiladigan tashkilotlar o‘z maqsadlariga erishadilar. Agar ayirboshlash
erkin bo‘lsa, u faqat ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lgan taqdirdagina amalga
oshadi, agar ayirboshlash raqobatli bo‘lsa, u holda ishlab chiqaruvchilarning
bozordagi o‘rnini suiiste’mol qilish xavfi cheklangandir.

Bozor iqtisodiyoti mexanizmlari shaxsiy erkinlik tamoyiliga va ayniqsa,



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin