ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 683 www.ares.uz
O`ZBEKISTONDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR: INKLYUZIV
TA’LIM VA YANGICHA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Ulug'bek Jumayevich Mansurov
Toshkent davlat agrar universuiteti Termiz filliali o`qituvchisi
mansurov1224@mail.ru
ANNOTATSIYA
Maqolada yurtimiz ta‟lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv
ta‟limni
yuksaltirish masalalari, 2020-2025 yillarda xalq ta‟limi tizimida inklyuziv
ta‟limni rivojlantirish konsepsiyasining pedagogik mohiyati tahlil qilingan.
Kalit so`zlar: ta‟lim, ta‟lim
shakllari, inklyuziv ta‟lim, UNCPRD, UNICEF,
pedagogik tahlil, metod, ijtimoiy siyosat.
ABSTRACT
The article analyzes the reforms in the education system of the country and
their
importance, issues of raising inclusive education, the
pedagogical significance
of the concept of development of inclusive education in the public education system
in 2020-2025.
Keywords: education,
forms of education, inclusive education, UNCPRD,
UNICEF, pedagogical analysis, method, social policy.
KIRISH
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida 2017-yil
sentyabr oyida
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif: “Yoshlar huquqlari to`g`risida”gi
Xalqaro Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. “Yoshlar huquqlari bu eng avvalo
birinchi
navbatda, ularning tinch va sog„lom yashash hamda ta‟lim olishga bo„lgan
huquqlari hisoblanadi. …unib-o„sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo„lib
voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta‟lim olishini ta‟minlash biz uchun hamisha
ustuvor vazifa hisoblanadi”[1].
Bosh Qomusimizning 41-moddasi hamda Yangi tahrirdagi “Ta‟lim
to`g`risida”gi qonun(2020-yil 23-sentyabr) 5-moddasi qoidalariga asosan ta‟lim
olishda barcha teng huquqlidir[2]. Bu qonun inklyuziv(uyg`unlashgan) ta‟lim
tushunchasi kiritilganligi bilan ham avvalgi tahriridan farqlanib turadi va buqonunga
muvofiq Inklyuziv ta‟lim sohasidagi vakolatli organ
etib Vazirlar Mahkamasi