O`zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar: inklyuziv ta’lim va yangicha pedagogik yondashuvlar


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 367,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.06.2023
ölçüsü367,34 Kb.
#124940
1   2   3   4   5   6
o-zbekistonda-ta-lim-sohasidagi-islohotlar-inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 684 www.ares.uz 
belgilangan. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ta‟limning inklyuziv shaklini ham 
birdek rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Inklyuziv termini inglizcha-uyg„unlashish, hamkorlikdagi ta'lim ma‟nosini berib, 
butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta'lim 
sifatida tan olingan. Inklyuziv ta‟lim – barcha o`quvchilar uchun maxsus ta‟lim 
ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta‟lim 
muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta‟minlashdir. 
Ayni damda barcha mamlakatlarda ham inklyuziv ta‟limni tan olish faqatgina qonun 
chiqarish bilangina bog‟liq bo‟lmaydi. Diskriminatsiya (odamlarni ajratish) va 
ijtimoiy noto‟g‟ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya‟ni inklyuziv 
ta‟limni e‟tirof etgan holda, aholi o‟rtasida targ‟ibat-tashviqot ishlarini olib borish 
eng birinchi galdagi masaladir. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
1990-yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalarni umumta‟lim muassasalari 
tizimida o‟qitish borasida bir qancha jahon miqyosida deklaratsiya va qarorlar qabul 
qilindi. Ularni jahonning ko‟plab davlatlari e‟tirof etdilar. 2006-yilda BMTning 
“Nogironlar huquqlari to`g`risida”gi Konvensiyasi(UNCPRD) qabul qilindi. 2009-yil 
27-fevralda bu hujjat mamlaktimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ushbu 
Konvensiyaning 24-moddasida: “Ishtirok etuvchi davlatlar nogironlarning ta‟lim 
olish huquqini e‟tirof etadilar. Ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqni 
kamsitmasdan va imkoniyatlar tengligi asosida amalga oshirish maqsadlarida barcha 
drajalarda inklyuziv ta‟limni va butun umri davomida o`qitilishlarini ta‟minlaydi”, 
deb belgilangan.[3]
O‟zbekiston Respublikasida nogiron bolalar bilan bog‟liq tahlil va dastlabki baholash 
ishlari 1966-yilda boshlangan. 1996 yilning noyabr oyida YUNESKO ishlari 
bo‟yicha O‟zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus 
ta‟lim sohasida inklyuziv usullar» movzusida milliy o‟quv dastur muvaffaqiyatli 
amalga oshirilgan. 1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu 
bo‟yicha mintaqaviy anjuman tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO
YuNISEF (BMTning bolalar jamg‟armasi), Butunjahon sog‟liqni saqlash tashkiloti 
va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar 
natijasida 2001-yilda O‟zbekiston Xalq ta‟limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta‟lim 
bo‟yicha manba markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan 
bir necha o‟quv seminarlari o‟tkazildi. 

Yüklə 367,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin