O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


-rasm. Yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni saralash egri chizig‘i



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə107/167
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162030
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   167
Strategik marketing-www.hozir.org

7.1-rasm. Yangi tovarlar haqidagi g‘oyalarni saralash egri chizig‘i 

Innovatsiya jarayonining mazkur bosqichida baholash usullari sifatida chek-


varaqlar va baholash shkalasi qo‘llaniladi.
Chek-varaqlar
tovar qanday hajmda talab
qilinishi yoki umuman talab qilinmasligini aniqlashga imkon beradi. Chek-varaq
savollariga javoblar batafsil beriladi, kerak bo‘lsa mos keluvchi tadqiqotlar keltiriladi.
Chek-varaq tovarning innovatsiya jarayoni doirasida tavakkalchiliklarning qanday
turlari mavjud bo‘lishini ko‘rsatadi. Chek-varaqdan foydalanish yuzaga kelish
ehtimoli yuqori bo‘lgan tavakkalchiliklarning oldini olish imkoniyatlarini oldindan
baholashga ko‘maklashadi.
Baholash me’yori
uslubi g‘oyani uning barcha asosiy omillarining ahamiyatini
chamalab, solishtirib, taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan baholashga imkon beradi.
Muhimlikni o‘lchash uchun 0, +1, +2 va — 1, —2 shkalasidan foydalaniladi. Bu
uslub baholashni jadval shaklida yoki grafik chizma ko‘rinishida amalga oshirishga
imkon yaratadi. Har bir omilning salmog‘ini miqdoriy baholashdan foydalanish
imkoniyatining yo‘qligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi (7.2-jadval).
Baholash me’yori uslubi tahlil qilinayotgan omillar mazkur g‘oyani xaridorlar
uchun qiziqish uyg‘otadigan tovarga aylantirishga qay darajada xizmat qilishini
baholashga imkon beradi. Har bir omil bir qator baholar olib, ulardan har biri




145

g‘oyaning zarur talablarga qanchalik mos kelishini ko‘rsatadi. Har bir omil bo‘yicha
ballar summasi aniqlanib, ularning asosida g‘oya ko‘rib chiqilgan omillar bo‘yicha
alohida yoki birgalikda baholanadi. Shu tariqa baholash shkalasi usuli yangi tovar
g‘oyasini ma’lum bir ehtimolga ega bo‘lgan holda miqdoriy baholash imkonini
beradi.
7.2-jadval 


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin