Marketingga ta’rif bering.
Sanoat marketingi va ijtimoiy marketingga ta’rif bering.
33
2 –BOB. MARKETING VA EHTIYOJLARNING QONDIRILISHI
2.1. Inson ehtiyojlari
Ehtiyoj tushunchasi shunday atamaki, uning ustida tinimsiz bahs boradi,
chunki unda ba’zan axloq yoki mafkuraga asoslangan sub’ektiv fikrlash elementlari
mavjuddir.
Ehtiyoj biror narsani tanlashdan avval his qilinishi lozim. Buning ma’nosi
shuki, mantiqan qaraganda, biror narsani afzal ko‘rish samarali
tanlash jarayonidan
avval yuz beradi. Agar shaxs tafakkur jihatdan etuk va aqlli bo‘lsa, uning xulq-
atvorini oldindan aytib berish mumkin bo‘ladi, chunki xulq-atvor oqilona hisob-
kitobning natijasi bo‘ladi.
Ehtiyoj - individ shaxsining madaniy darajasiga asosan o‘ziga
xos shaklga
kirgan muhtojlikdir.
F. Kotler
ehtiyojga
“
Hayot sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan va
his qilinadigan qoniqmaslik holati”
deb ta’rif bergan edi. Bu mohiyat jihatdan asliy
ehtiyojga berilgan ta’rifdir. Insonlarning turmush tarzini belgilab beruvchi
tendensiyalarning har biriga mos keladigan asliy ehtiyojni
tasavvur qilish mumkin,
bunda ushbu tendensiyalar soni cheklangandir. SHuning uchun asliy ehtiyojni inson
tabiati belgilaydi,
va binobarin, jamiyat yoki marketing tomonidan vujudga
keltirmaydi, u talab yuzaga kelishdan avval ham yashirin yoki ifodalangan holda
mavjud bo‘ladi.
F. Kotler ehtiyojlar, istaklar va talab o‘rtasidagi tafovutlarni o‘rnatadi. Istaklar
ehtiyojlarni chuqurroq qondirishning maxsus vositalaridir.
Asliy ehtiyojlar barqaror
va kam sonli bo‘ladi, istaklar esa ko‘p bo‘lib, o‘zgarib turadi, ularga ijtimoiy kuchlar
doim ta’sir qilib turadi. Istaklar sotib olish qobiliyati va xohishi bilan
mustahkamlansa, maxsus tovarlarga bo‘lgan potensial talablarga aylanib boradi.
Kotlerning fikricha, marketing istak va talablarga ta’sir
qilishga urinadi hamda
tovarning o‘ziga jalb qiluvchi va arzon bo‘lishini ta’minlaydi. Marketing ehtiyojlarni
hosil qilmaydi; ehtiyoj marketologlar paydo bo‘lishidan avval ham bor edi.
F. Kotler marketing iste’molchining ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni muayyan
34
rusumdagi avtomobil qondirishini aytib beradi. U ijtimoiy maqomdagi ehtiyojni hosil
qilmaydi, balki uni qondirish vositasini taklif qiladi deb ta’kidlagan.
Ehtiyoj, istak va talabni ko‘pincha bir-biri bilan adashtirib yuborishadi, holbuki
bu uch konsepsiya o‘rtasida jiddiy farqlar bor. Ammo marketingning ijtimoiy roli
haqidagi bahsni yopishga bu tafovutlarning o‘zi kamlik qiladi. Ko‘rinib turibdiki,
ehtiyojlar ilgaridan mavjud bo‘lsa-da, marketing ularga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Buning ustiga, xarid qilish qobiliyatining etarli bo‘lmaganligi uchun talabga
aylantirib bo‘lmaydigan istaklarning hosil bo‘lishi iqtisodiyotdagi uzilishlar va
emirishlarning muhim manbaidir. Marketing aynan shu narsa uchun bevosita
javobgardir va aynan shu narsa uni qo‘llashda cheklashlar qo‘yish zarurligini
izohlaydi. Ehtiyojlarni bir necha turlarini ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: