16
harakatlantiruvchi kuchi vazifasini o‘taydi va oxir-oqibatda butun jamiyatning
farovonligini belgilab beradi.
✓ Manfaatlarning xarakterini did, madaniyat, qadriyatlar va hokazolarga
bog‘liq bo‘lgan shaxsiy qarashlar belgilaydi. Bu tanlovning muhimligi yoki oddiyligi
haqida, yoki “haqiqiy” yoki “yolg‘on” ehtiyojlar deb nimani tan olish haqida fikr
yuritish uchun jamiyatdagi milliy, axloqiy va ijtimoiy qoidalarni hurmat qilishdan
boshqa hech qanday asoslarga yo‘l qo‘yilmaydi.
✓ Aynan erkin va raqobatli ayirboshlash yordamida kishilar va ular bilan
hamkorlik qiladigan tashkilotlar o‘z maqsadlariga erishadilar. Agar ayirboshlash
erkin bo‘lsa, u faqat ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lgan taqdirdagina amalga
oshadi, agar ayirboshlash raqobatli bo‘lsa, u holda ishlab chiqaruvchilarning
bozordagi o‘rnini suiiste’mol qilish xavfi cheklangandir.
✓ Bozor iqtisodiyoti mexanizmlari shaxsiy erkinlik tamoyiliga va ayniqsa,
iste’molchining ustuvorlik tamoyiliga asoslangandir. Tizimning axloqiy negizi
kishilarning o‘z xatti-harakatlari uchun javobgar ekanligini hamda o‘zlari uchun
nimaning yaxshi va nimaning yomon ekanligini o‘zlari hal qilishlariga asoslanadi.
Marketing sohalari. Marketing zamirida yotuvchi to‘rt tamoyildan
Dostları ilə paylaş: