O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Reklama kanallarining rolini tanlash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə130/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Reklama kanallarining rolini tanlash. Reklamaning reklama beruvchi va
xaridor uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi avvalgi boblarda muhokama qilib
o‘tilgan edi. YAna eslatib o‘tamiz:
-reklama beruvchi uchun reklamadan maqsad - axborotlarni iste’molchilarga
etkazish va tovarga bo‘lgan talabni kengaytirish maqsadida ularning moyilligiga
erishishdir;




189

-reklama iste’molchining tovarning alohida xususiyatlarini aniqlashga
ketadigan vaqti va mablag‘larini tejaydi.
Reklama rivojlangan sari, uning xilma-xil ko‘rinishlardagi shakllari ko‘payib
bormoqda, shu sababli reklama beruvchilar birgina axborot kanalidan foydalansa
ham, ularning ixtiyorida reklama uslublarining keng assortimenti mavjuddir.
Imidj reklamasi tovarga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning maqsadi xaridorning ushbu
markaga bo‘lgan munosabatini shakllantirishdan iboratdir. Bu holda «reklama
beruvchilarning ijodiy xatti-harakatlari nafaqat xaridorning darhol reaksiyasiga, balki
keyinchalik xaridga olib keluvchi ijobiy munosabatni ishlab chiqishga qaratilgan
bo‘ladi».
Bunday reklamaning samaradorligini faqat uzoq kelajakdagina baholash
mumkin. Bu erda munosabat tushunchasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi, shuning uchun
kommunikasiya ob’ekti vazifasini avvalo tovar konsepsiyasi bajaradi.
Undovchi reklamaning asosiy vazifasi xaridorning munosabatlariga emas,
balki uning xatti-harakatlariga ta’sir qilishdan iboratdir. Reklama axboroti tovar yoki
xizmatni xarid qilishga undashi kerak, shuning uchun uning samarasi qisqa muddatli
bo‘ladi va savdoning borishi bilan baholanadi. Bunday reklama uslubi tajovuzkorroq
bo‘lsa-da, u ham aslida imidj yaratish vazifasiga o‘xshab ketadi.
Interaktiv reklama muayyan bir shaxsga moslashtirilgan reklama axboroti
bo‘lib, uning maqsadi potensial xaridor bilan uning javobini rag‘batlantirish orqali
muloqot o‘rnatishdir. Firma xaridorning javob reaksiyasi asosida tijorat
munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi.
Reklamaning bu turi avvalgi ikki reklama uslubining vazifalarini o‘zida
mujassamlashga: imidjni yaratish va ayni paytda axborotning samarasini darhol
baholashga imkon beruvchi ma’lum bir xatti-harakatlarga erishishga intiladi. Avvalgi
boblarda tavsiflab o‘tilgan aynan mana shu uslub o‘zining interaktiv marketingga
bevosita bog‘liqligi tufayli tez rivojlanadi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin