185
2. Axborotni tayyorlash. Tovardan foydalanib ko‘rganlarning tajribasini va
mo‘ljaldagi auditoriyaning kodlangan axborotlarni o‘qish
jarayonini hisobga olish
zarur.
3. Kanallarni rejalashtirish. Uzatkich o‘z axborotlarini mo‘ljaldagi
auditoriyaga samarali etkazib beradigan kanallar bo‘yicha uzatishi kerak.
Bu oxirgi ikki vazifa odatda reklama agentliklari yoki axborot vositalarini
tanlashga ixtisoslashgan firmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Axborotning samaradorligi. Uzatkich teskari
aloqa signallariga qarab
mo‘ljaldagi auditoriyaning uzatilayotgan axborotlarga javobini baholashi kerak.
Marketing konsepsiyasini reklamaga joriy etish xaridorlarning tajribasini
hisobga oluvchi va ular tushunadigan tildagi axborotlarni ishlab chiqishni ko‘zda
tutadi. Sanab o‘tilgan samaradorlik shartlari istalgan
marketing kommunikasiyasi
dasturiga kiruvchi qarorlar majmuini belgilab beradi. Kommunikasiya xarajatlarini
hisobga olish qiyindir. Bu masalaga oid ma’lumotlar tarqoq bo‘lib, xarajat miqdorlari
turli sohalarda keng doiralarda katta farq qiladi.
Umuman olganda, shuni aytish
mumkinki, shaxsiy kommunikasiya xarajatlari reklama xarajatlaridan ko‘p bo‘ladi,
buning ustiga ular sanoat tovarlari bozorlarida ayniqsa katta bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: