O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


-uzatkich (alohida shaxs yoki tashkilot) - axborot manbai; -kodlash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə126/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

-uzatkich (alohida shaxs yoki tashkilot) - axborot manbai;
-kodlash - fikrlarni belgilar, tasvirlar, rasmlar, shakllar, tovushlar, tillar va
hokazolarga aylantirish jarayoni;
-axborot - uzatkich orqali berilayotgan belgilar majmui;
-uzatish kanallari - signallarni uzatkichdan qabul qilgichga uzatish vositalari;
-kodni o‘qish - qabul qilgichning uzatkichdan kelib tushgan belgilarga ma’lum
ma’no berish jarayoni;
-qabul qilgich - mo‘ljaldagi auditoriya;
-javob - qabul qilgichning axborot bilan tanishgandan keyingi reaksiyalari
majmui;
-teskari aloqa - qabul qilgichdan chiqayotgan javoblarning uzatkichga kelib
tushadigan qismi.

Tеskari aloqa

Javob

Shovqin


Qabul qilgich

Kodni qo`yish

Uzatish
kanallari

Kodlash


Uzatkich


10.1-rasm. Kommunikasiya jarayoni. 

Rasm samarali kommunikasiyaning muhim shartlarini aniqlashga ham imkon


beradi. Ular ichidan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tamiz:
1. Kommunikasiya maqsadlari. Uzatkich qaysi auditoriyalarga qarata
axborot uzatishni va qanday ko‘rinishdagi javob olishni aniq bilishi kerak.




185



2. Axborotni tayyorlash. Tovardan foydalanib ko‘rganlarning tajribasini va
mo‘ljaldagi auditoriyaning kodlangan axborotlarni o‘qish jarayonini hisobga olish
zarur.
3. Kanallarni rejalashtirish. Uzatkich o‘z axborotlarini mo‘ljaldagi
auditoriyaga samarali etkazib beradigan kanallar bo‘yicha uzatishi kerak.
Bu oxirgi ikki vazifa odatda reklama agentliklari yoki axborot vositalarini
tanlashga ixtisoslashgan firmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Axborotning samaradorligi. Uzatkich teskari aloqa signallariga qarab
mo‘ljaldagi auditoriyaning uzatilayotgan axborotlarga javobini baholashi kerak.
Marketing konsepsiyasini reklamaga joriy etish xaridorlarning tajribasini
hisobga oluvchi va ular tushunadigan tildagi axborotlarni ishlab chiqishni ko‘zda
tutadi. Sanab o‘tilgan samaradorlik shartlari istalgan marketing kommunikasiyasi
dasturiga kiruvchi qarorlar majmuini belgilab beradi. Kommunikasiya xarajatlarini
hisobga olish qiyindir. Bu masalaga oid ma’lumotlar tarqoq bo‘lib, xarajat miqdorlari
turli sohalarda keng doiralarda katta farq qiladi. Umuman olganda, shuni aytish
mumkinki, shaxsiy kommunikasiya xarajatlari reklama xarajatlaridan ko‘p bo‘ladi,
buning ustiga ular sanoat tovarlari bozorlarida ayniqsa katta bo‘ladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin